So’nggi yangiliklar

08:44"Манчестер Сити"да Гвардиоланинг илтимосига кўра 6 нафар футболчини тарк этиши мумкин  2 08:10"Пахтакор" яна бир футболчи билан келишувга эришди  3 07:38Эрон ОАВ. "Тракторсози" Ҳамробековнинг трансферига қанча тўлашини маълум қилди  2 00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  1 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  6 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпул"нинг “боши қотган”  2 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  4 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  12 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  3 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0

Mirjalol Qosimov: "O'zbekistonda futbol o'ynash uchun tanish murabbiyingiz bo'lishi kerak" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "O'zbekistonda futbol o'ynash uchun tanish murabbiyingiz bo'lishi kerak"

“Qizilqum” klubidagi faoliyati bilan tanilgan yarim himoyachi Mirjalol Qosimov yana legionerga aylandi.

Futbolchi Hindiston chempionati ishtirokchisi “Neroka” klubi bilan shartnoma imzoladi. Yangi jamoaga tez moslashib ketgan ko'rinadi, chempionatda gol urishga ham muvaffaq bo'ldi. Xo'sh, Qosimov yangi jamoaga qay tariqa borib qo'shildi, quyida uning fikrlariga quloq tutdik. 

- Mirjalol, yangi jamoaga borib qo'shilishingiz qay tariqa amalga oshdi?

- Hammasi juda oddiy. Bu erda do'stim Sardor Jahonov o'ynamoqda. Aynan uning jamoaga taklif qildi. Qolaversa, agent ham klub o'zaro gaplashib, ushbu transferni amalga oshishiga yordam berdi. SHu tariqa, men “Neroka” azosiga aylandim.

- Jamoa bilan qancha muddatli shartnoma imzoladingiz?

- Hozircha jamoa bilan bir yillik shartnoma imzoladim. Yaxshi bo'lsa, kelishuv muddatini uzaytirishim mumkin. 

- Yangi jamoangiz sizni qay tariqa kutib oldi?

- Hammasi juda yaxshi. Klub va futbolchilar ham meni yaxshi kayfiyatda kutib oldi. Bir oiladek bo'lib ketdik. 

- Klubda sharoitlar yaxshimi? “Neroka”ning akademiyasi bormi?

- Ha, albatta. Klubda barcha sharoitlar yaratilgan. Hammasi menga to'laqonli qoniqtirmoqda. SHuningdek, jamoaning akademiyasi ham bor. Har tomonlama professional deyish mumkin. 

- CHempionat saviyasiga munosabatingiz qanday?

- Saviya haqida gapirsam, Hindistonda ham futbolga katta etibor qaratmoqda. Stadionlarga muxlislar tashrifi yaxshi. Futbolni juda yaxshi ko'rishadi. Asosiysi, o'sish bor.

- “Qizilqum”dagi faoliyatingizdan keyin sizni birorta Superliga klubida uchratganimiz yo'q. Bunga nima sabab bo'ldi deb o'ylaysiz?

- Sababi oddiy. Hozirda o'zingizni tanish murabbiyingiz bo'lmasa, O'zbekistonda futbol o'ynash qiyin. Menda hozirda bunday tanishlarim yo'q. SHu sabab “Qizilqum”da bir muddat zaxirada qolib ketdim.

- “Aral Samali”da esa qisqa muddat o'ynadingiz. U erdagi faoliyatingiz haqida nimalarni ayta olasiz?

- To'g'risi, u erdagi faoliyatimni yaxshi yoki yomon deya olmayman. Lekin jamoaning saviyasi past edi. SHu sababli klubni barvaqt tark etgandim.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика