So’nggi yangiliklar

04:34"Манчестер Сити" — "Ал Ҳилол". Таркиблар маълум  5 02:00КЖЧ. "Интер" Бразилия жамоасига мағлуб бўлди ва турнирни тарк этди  14 01:11Миржалол Қосимов: "Тўрт ўйиндан буён гол ура олмаяпмиз. Футболчиларга ортиқча босим қилиб юбордим, деган хаёл келди"  6 01:00Суперлига. Плетнёвнинг заргарона узатмасидан сўнг урилган гол "Сурхон"га ОКМК устидан ғалаба тақдим этди  1 00:56Февзи Давлетов: "Бизга бу ғалаба жуда керак эди"  2 00:25РПЛ-2025/26да фақат сардорларга ҳакамлар билан мулоқот қилишга рухсат берилиши мумкин. Бошқалар жазоланади  0 23:23"Астон Вилла" Рэшфорд, Асенсио ва Дисасиларнинг кетганини эълон қилди  1 22:54"Ювентус" тезроқ Влаховичдан қутилмоқчи, Душан эса йиллик маоши 20 млн. евро бўлган таклифни рад этди  1 22:15МЮ нархи 60 млн. фунт бўлган ҳужумчини сотиб олиши мумкин  1 22:00Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Сурхон"га енгилди  67 20:33"Реал" сардори жароҳатидан қутилди ва майдонга қайтишга тайёр  2 19:50"Реал" трансфер мақсадларининг биридан воз кечди  3 19:21"Ювентус" юлдуз ҳужумчиси учун бор-йўғи 20 млн сўрамоқда  5 18:44"Реал" Клублар ўртасидаги ЖЧдан кейин яна бир ҳимоячи билан шартнома имзолайди  5 18:18Лопетегининг сўровига биноан Ал Хайдос Қатар терма жамоасига чақирилди  8

Mirjalol Qosimov: “O'tgan yil menga “Navbahor”dan taklif tushgandi” Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: “O'tgan yil menga “Navbahor”dan taklif tushgandi”

“Navbahor” – “Bunyodkor” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakuniga etgach o'tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida “Bunyodkor” bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov ishtirok etdi:
-  Vodiyga yoki Namangandagi o'yinlardan doimo yaxshi taassurot qoladi. Negaki, o'yingohni to'ldirib o'tirgan muxlislar jamoalarni munosib tarzda qo'llab-quvvatlashadi. Futbol muxlislar uchun o'ynaladi. SHuning uchun maydonda qiziqarli va jangovor o'yin bo'ldi. Qolaversa, “Navbahor” tarkibida jismoniy tomondan baquvvat futbolchilar ko'pchilikni tashkil etishadi. Ular iloji boricha standart vaziyatlarda ikkinchi qavatda yaxshi o'ynashadi. Bugun ham ular bu borada qiyinchiliklar tug'dirishdi. Namanganliklarni shu tarzda o'yin ko'rsatishlarini o'rganib chiqqandik. O'z navbatida futbolchilarimiz ham imkon qadar yaxshi harakat qilishga intilishdi. Buning samarasi o'laroq ikkinchi bo'limda gol urishga muvaffaq bo'ldik. Bundan tashqari gol urish yana boshqa vaziyatlar ham yuzaga keldi. Futbolda o'yinchilar bir-biriga yordam berish kerak. O'ylashimcha bugun qiziqarli va chiroyli o'yin bo'ldi. Qayd etilgan durang natija ham haqqoniy bo'ldi. Yakuniy natijani salbiy va ijobiy tomonlari bor. Goldan keyin ham yaxshiroq harakat qilib, xatolarga yo'l qo'ymaslik kerak edi. Lekin, futbol shunisi bilan qiziq. Bizni bugun g'alaba qoniqtirardi. SHunday bo'lsada, hozirgi ahvolimizda natija  qoniqtirdi.

Boshqa jamoalardan ham taklif bo'lgandi. Nafaqat O'zbekistondan balki chetdan ham chorlovlar bo'lgandi. Misol uchun o'tgan yili “Navbahor”dan ham taklif tushgandi. “Bunyodkor” jamoasi men uchun begona jamoa emas. Klub tashkil etilgandan beri jamoada faoliyat yuritdim. “Bunyodkor”ga mehrim o'zgacha bo'lganligi sababli sabr bilan kutildi. Vaqti soati  kelib jamoaga qaytishim amalga oshdi. Bundan tashqari inson uchun eng kerakligi dam olib, sog'lig'imga ham etibor qaratdim. Ish bilan hayot o'tib ketaveradi. Inson o'zini ham o'ylashi kerak. Negaki, futboldan tashqari oila degan iboralar ham bor. Farzandlar va nabiralarga ham etibor qaratish muhim sanaladi. O'rtada yuzaga kelgan tanaffus men uchun foydali bo'ldi deb o'ylayman.
Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика