So’nggi yangiliklar

00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  0 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  0 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  8 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  8 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  4 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2

Mirjalol Qosimov: "OCHLning ushbu mavsumi biz uchun juda katta tajriba bo'ldi. Ertangi o'yindan oldin hech qanday qo'rquv yo'q" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "OCHLning ushbu mavsumi biz uchun juda katta tajriba bo'ldi. Ertangi o'yindan oldin hech qanday qo'rquv yo'q"

Osiyo CHempionlar Ligasi oltinchi turidan o'rin olgan "Eyr Fors" – OKMK uchrashuvidan oldin mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov va futbolchi Sardor Rahmonov matbuot anjumanida qatnashishdi.

- Jamoangizni ertangi o'yinga qanday tayyorladingiz? Bu uchrashuv ushbu mavsumdagi OCHLdagi so'nggi o'yiningiz bo'ladi...

- Ha, bu biz uchun oxirgi o'yin. Milliy chempionatimiz ham yakunlandi. Ertaga ushbu o'yinda maydonga tushib, mavsumni tugatib qo'yamiz. OCHLning ushbu mavsumi biz uchun juda katta tajriba bo'ldi.

- Sardor Rahmonovga savol bermoqchi edi. Ertangi uchrashuvga qanday tayyorgarlik ko'rdingiz? Ushbu o'yin haqidagi fikrlaringizni bildirsangiz...

- Murabbiyimiz takidlaganidek, ertangi o'yin biz uchun mavsumdagi oxirgisi. Ertaga mavsumni yaxshi tugatib qo'yishga harakat qilamiz.

- Avvallari o'zbek klublari OCHL bahslarida muvaffaqiyatli qatnashib kelishgan. Hozirga kelib esa uchta o'zbek klubining keyingi bosqichga chiqishi so'roq ostida, OKMKning esa allaqachon guruhda qolib ketishi aniq bo'ldi. O'zbek klublarining hozirgi holati haqidagi fikringiz qanday?

- Menimcha, vaziyat yomon emas. O'zbek klublarining to'rttasi OCHL bahslarida ishtirok etmoqda. SHuning o'zi nimanidir anglatadi. Avvallari ikki jamoa guruhdan chiqar edi. Hozir esa eng yaxshi uchta ikkinchi o'rindagi jamoa keyingi bosqichga chiqadi. Bizning uchta jamoamizda ham keyingi bosqichga chiqish uchun yaxshi imkoniyat bor.

- "Al Ittihod"ga qarshi o'yinda ajoyib harakat qildingiz. Afsuski, hisob sizning foydangizga bo'lmadi, ammo siz qo'llagan taktika yaxshi ish berdi. Saudiya Arabistonining kuchli klubiga qarshi yaxshi harakat qildingiz, ammo "Sepaxon"ga 9:0 hisobida imkoniyat boy berildi. Bunga sabab nima edi?

- SHuning uchun ham futbolni butun dunyoda yaxshi ko'rishadi. To'g'risini aytsam, Erondagi uchrashuvda bizning kunimiz emasdi. Bundan tashqari, bazi muammolar bor edi. Qizil kartochkani ham takidlash kerak. JCH-2014 dagi Braziliya va Germaniya o'yinini esga olishimiz mumkin. Masalan, "Al Hilol" ham o'z o'yinida 9:0 hisobida g'alaba qozondi. Bunday misollarni ko'plab keltirishimiz mumkin, bu futbol. Bu ham o'ziga yarasha natija. Agar biz OCHLga chiqmaganimizda, bu savollar umuman bo'lmasdi. Futbolda kutilmaganda jarohatlar paydo bo'ladi. Bu ham bir sabab. Lekin "Al Ittihod"ga qarshi o'yinda ajoyib harakat qildik. Yigitlarim ham yaxshi o'yin ko'rsatishdi.

- Ertangi o'yin borasida qanaqadir qo'rquvlar bormi. O'yin haqidagi fikringiz?

- Guruhga juda kuchli jamoalar yig'ilgan. "Eyr Fors" jamoasini hurmat qilgan holda maydonga chiqamiz. Qo'rquv yo'q, agar qo'rquv bo'lganda futbol o'ynamasdik. Ertaga imkon qadar harakat qilamiz. Bir kun oldin og'ir o'yin o'tkazdik, uzoq yo'l bosib keldik. Bundan tashqari, jarohatlangan o'yinchilar bor. SHunga qaramay, biz yaxshi o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz. Hech qanday qo'rquv yo'q. 

Reyting: -15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика