So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  23 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  78 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  11 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  21 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

Mirjalol Qosimov "Nasaf"ga qarshi o'yindan keyin nimalar dedi? Yangiliklar

Mirjalol Qosimov "Nasaf"ga qarshi o'yindan keyin nimalar dedi?

Oliy liganing 3-turi doirasidagi qoldirilgan o'yin "Bunyodkor" - "Nasaf" (3:2) uchrashuvidan keyin "qaldirg'ochlar" bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


- Biz uchun bu bahs juda muhim edi. Qolaversa, ikkala jamoa bir-biriga munosib raqiblar edi. O'yin ham shunga munosib tarzda kechdi. Ikkinchi taymda ochiq futbol bo'ldi. Bizga g'alaba zarurligi bois hujumga o'tishga harakat qildik. O'z imkoniyatlarimizdan unumli foydalandik va muhim uch ochkoni qo'lga kiritdik.
CHempionlik uchun kurashga qo'shilamizmi? SHuni aniq ayta olamanki, meni boshqaruvimdagi jamoa qanday tarkibda tushsa ham g'alaba uchun kurashadi.

"Bunyodkor"dagi futbolchilarni yosh bola demasdan, ularni maqtamay tursanglar, balki chempionlik uchun kurashga qo'shilarmiz. Bunga jurnalistlar ham yordam berishlari mumkin (kuladi).

Hamdamov kichik jarohati bilan o'ynab yurgandi. Farg'onada ham uni zaxiraga olgandim. Bugun ham Hamdamov ko'p vaziyatlarda chap oyog'ida tepmadi. Lekin o'yindan oldin uchrashuvga tayyorligini bildirgandi. O'yin davomida esa bu sezildi va Doston o'z darajasida o'ynolmadi. SHu sababdan uni almashtirishga to'g'ri keldi. Zaxiraga olganimdan keyin oyog'ingda og'riq bormi, desam, ha dedi. Maydonga tushgandan keyin maydonda to'liq mehnat qilish kerak. Agarda jarohati bo'lsa, unda tavakkal qilib maydonga tushmasligi lozim.

Akmal SHorahmedovni jamoamda ko'rishni xohlayapman. Hozir esa uning "Nasaf" bilan shartnoma mavjud. Bilmadim, ko'ramiz, agarda Ro'ziqul rozi bo'lsa, Akmalni ikkinchi davrada jamoamizda ko'rishimiz mumkin. Aslida yil boshida Akmalga o'zim "Nasaf"ga o'tishni tavsiya qilgandim. CHunki ular xalqaro maydonga o'ynayotgandi, "Nasaf" kuchli va o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yadigan ajoyib jamoa. SHu boisdan ham unga Qarshiga yo'l olishini maslahat bergandim. Endi esa SHorahmedovni tarkibga jalb etishga urinib ko'ramiz.

SHu fursatdan foydalanib, jurnalistlar, yani sizlar orqali O'FF prezidenti Mirabror Zufarovich Usmonovni tavallud ayyomlari bilan butun klub va o'zim nomimdan tabriklab qolaman. Mirabror Usmonovni o'zbek futboli rivoji yo'lida juda ko'p mehnatlari singan. Mirabror Zufarovichga sihat-salomatlik tilayman.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика