So’nggi yangiliklar

13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  1 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  0 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  3 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  1 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  5 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  5 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  7 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  5 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  13 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  3 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  10

Mirjalol Qosimov: "Klublarning Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o'tishi nima bilan tugashini tushunmayapman" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Klublarning Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o'tishi nima bilan tugashini tushunmayapman"

Coca Cola Superligasi 10-turidan o'rin olgan AGMK - "Lokomotiv" (3:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Mirjalol Qosimov o'z fikrlarini bildirdi.





CHempionatimiz bir tekisda o'tmayotgani, ikkinchi tomondan tarkibimizda ko'plab futbolchilar kasal bo'lib tuzalishdi. SHu bois barchaning jismoniy holati bir xil emas. Bazi kunlari 11-12 nafar futbolchi bilan mashg'ulot olib bordik. Bugungi o'yinda Vatsadze, Grigalashvili, Zonich, Tursunov asosiy tarkibga kiritilmadi. Abdurahimov kecha-bugun o'zini yaxshi qimagani bois birinchi taymda almashtirildi. Bunday katta tanaffuslarda tayyorlanish qiyin, endi 29 avgustgacha yana 3ta o'yin bor. Kimdir tiklanadi, kimnidir jismoniy holatini ko'taramiz.

Jamoaning kayfiyati yaxshi. Birinchi taymda qo'pol xato tufayli gol o'tkazdik. Bu narsa istalgan futbolchi bilan sodir bo'lishi mumkin. Tanaffusda ham yigitlarga tayinladim, do'stingiz uchun o'ynanglar deb. Ikkinchi taymda yigitlar o'zlari uchun ham, Dilshod uchun ham o'ynashdi. Bu o'z samarasini berdi.

- Barcha klublarimiz Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o'tkazilmoqda. Biroq bu OCHL reglamentiga zid. Bunga qanday qaraysiz?

- Bu narsa nima bilan tugashini tushunmayapman. Futbol jurnalistlari va mutaxassislar bu haqda yozishmoqda. Ertaga qilayotgan ishlarimiz nolga teng bo'lsa bu yaxshi bo'lmaydi. Nafaqat murabbiylar, futbolchilar, umuman o'zbek futboliga tasir qiladi. Sport bu kurashish va nimagadir intilish. Buni yuristlar OFK vakillari bilan to'g'ri yo'lga qo'yish kerak. Bir inson yoki bir tashkilot bir nechta klublarni boshqarishi mumkin emas, buni bilamiz. Ammo hujjatlarni o'rganib chiqish kerak. Vaqtida ko'rib chiqish shart. Aks holda bu terma jamoaga ham tasir qiladi. Agentlikka o'tdi va ketdi deyish oson. Lekin qo'yilgan maqsadlar bor. Murabbiy sifatida OCHLga harakat qilmasam sport principi nima bo'ladi?

- Superligada dastlabki 10ta turda umuman yutqazmaslik omillari nimada?

- Ikkinchi qavatga chiqish uchun dastlab birinchi qavatga chiqish kerak. Mag'lubiyatsiz seriya ortida mehnat, ishtiyoq yotibdi. Jamoaning, rahbariyatning, futbolchilarning, qorovuldan boshlab katta rahbargacha barchaning mehnati bor.

- Mashg'ulot va rasmiy o'yinning farqi juda katta. Birinchi taymda o'yinga kirishib keta olmasligimizning sababi chempionatning bir tekisda o'tmayotgani bo'ldi. Birinchi taymda raqibni o'rgandik, iloji boricha ochiq o'yin namoyish etmadik. Tanaffusda sherigi qilgan xatosini yuvish uchun futbolchilar o'z mehnatlarini ayashmadi. 9ta turda mag'lub bo'lmaslik o'ziga xos kichik tarix, unga yana bitta o'yin qo'shishni istadik. Hech kim sizning qanday kiyim kiyganingzni yoki qancha premiya olganingizni eslamaydi, arxivni ochganda jamoa natijalarini ko'radi. Futbolchilar o'z kasbidan rohatlanishlari kerak. Lekin futbol shunaydik, o'tgan kuni "Siti" futbolchisi 4 metrdan gol ura olmadi. Futbol shunisi bilan qiziq. SHu bois g'alabalardan xursandman, agar seriyamiz davom etsa qilgan mehnatlarimiz zoya ketmagan bo'ladi, - deydi Mirjalol Qosimov. 


Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика