So’nggi yangiliklar

20:00Элит ОЧЛ. "Пахтакор" — "Ал Райян" 0:1 (матнли трансляция)  16 19:59Рўзиқул Бердиев: "Ғалаба учун нафақат яхши ҳимояланиш, балки ҳужумга эътибор қаратиш ҳам муҳим"  0 19:26"Арсенал" рекорд трансферни амалга оширишга тайёр   0 18:50Элит ОЧЛ. "Пахтакор" - "Ал Райян": Мусобақа бош соврини Тошкентда  3 18:22Бензема Мбаппега "Реал"даги ҳолати бўйича маслаҳат берди  4 17:46Элит ОЧЛ. "Пахтакор" - "Ал Райян": Асосий таркиблар маълум  6 17:04ПРО-Лига. "Машъал" ўз уйида "Бухоро"га имкониятни бой берди  6 16:55ПРО-Лига. "Арал" "Шўртан" устидан иродали ғалабага эришди   3 16:48"Манчестер Сити" "Барселона" ҳимоячиси учун 70 миллион беришга тайёр  10 16:20"Пахтакор"нинг рақиби "Ал Райян" ҳақида нималарни билишимиз керак?  5 15:52"Бавария" Бундеслиганинг иккинчи тўпурарини ҳам ўз сафида кўрмоқчи   1 15:16Эшитдик-да! "Навбаҳор" футболчилари ҳам 3 ойдан бери маош олишмаяпти  15 13:17Неймар жароҳати ҳақида: "Шифокорлар мени огоҳлантиришганди"  3 12:49Анчелотти: "Реал" ўзининг "Олтин тўпини" 1 июнь куни ютиб бўлган"  20 12:25"Ал Райян" бош мураббийи ўтган мавсум ўзбек клуби сабабли ОЧЛдан қуруқ қолган эди  7

Mirjalol Qosimov: "Hech qaysi futbolchiga "Bunyodkor"ni darajasidan pastga tushishiga ruxsat bermayman" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Hech qaysi futbolchiga "Bunyodkor"ni darajasidan pastga tushishiga ruxsat bermayman"

Superliganing 10-turi doirasidagi "Bunyodkor" - "Nasaf" (2:1) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Mirjalol Qosimov qatnashdi.

- Muhim g'alabadan xursandmiz. Lekin juda og'ir o'yin bo'ldi. CHunki moliyaviy holatimiz va ketma-ket jamoa uch bor mag'lub bo'lgandi. Jamoani ruhan tayyorlashga alohida urg'u berdik. Qolaversa jamoaning zaxira o'rindig'i bo'm-bo'sh. SHu taraflama o'yin bizga qiyin bo'ldi. Futbolchilarimga tashakkur va minnatdorchilik bildiraman. CHunki ular kerakli paytda o'zlarida kuch topa olishmoqda. Bugun jamoamiz murabbiylar shtabi xohlagan o'yinni ko'rsatdi. Ikkinchi bo'limda o'yin tizginini o'z qo'limizga oldik va yaratilgan vaziyatlarni golga aylantirdik. SHuningdek, bizlarni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman.

Javlon Ibrohimovni jarohati tufayli almashtirdik. SHu boisdan ham uchinchi markaziy himoyachi Islom Qobilovni tushirdik. Oxirgi daqiqalarda o'tkazib yuborilgan golda bu o'zgarishni aloqasi yo'q. Jamoa xotirjamlikka berilgani va koncentraciyani yo'qotgani pand berdi.

- Sardor Sobirxo'jaev haqida. Bu futbolchi ikki yil avval deyarli yo'q bo'lib ketgandek ko'ringandi. Hozir esa ancha yaxshi sport formasiga kirib olgan. Bugungi o'yinda eng yaxshi futbolchi bo'ldi.

- Tashqaridan qaraganda koptok tepish oson. Ammo buning tagida juda katta mehnat yotibdi. Sardor Sobirxo'jaevga qanday o'yin talab qilayotganimizni tushuntirdik va mashg'ulotlarda mehnat qilishi kerakligini alohida uqtirganmiz. Har bir futbolchi qanday darajaga chiqishi avvalo o'ziga bog'liq. Nafaqat mashg'ulot, balki ko'chada yurish-turishga ham ko'p narsa bog'liq. CHunki inson hayotda nimagadir erishish uchun nimadandir voz kechishi lozim. Futbolga ortdan qarab bo'lmaydi. Futbolchi futbolni tanlaganmi, demak shu sohaga chin dildan va yurakdan mehr qo'yishi lozim.

- Jamoaning zaxirasi juda tor. OTJning norasmiy turniriga jalb etilgan futbolchilar orasida zaxiradan maydonga tushib o'yinni kuchaytira oladigan o'yinchilar mavjud. Bu kabi norasmiy bahslarda klub manfaatini ham o'ylash payti kelmadimi, nima deb o'ylaysiz?

- Bu kabi norasmiy turnirlar orqali OTJ shakllanib boradi. Yakunda esa bu kabi turnirlar futbolimizni yuzini xalqaro maydonga ko'rsatadi. SHu boisdan ham Olimpiadaga tayyorgarlik dasturidan bu kabi turnirlar o'rin olgan. Futbolni shunchaki 10tadan futbolka tarqatib bemalol o'ynab ketilmaydi. Avgustda bo'ladigan Osiyo o'yinlariga iloji bo'lsa 1997-1998 yilda tug'ilgan futbolchilarni yuborish kerak. Ular esa bu kabi norasmiy musobaqalar orqali toblanishadi, jamoa sifatida shakllanishadi.


- Har qanday qiyinchiliklarga qaramasdan jamoada tartib borligi sezilmoqda. Jamoaning ichki muhiti ham risoladagidek. Bunday muvaffaqiyatga qanday erishasiz? Har bir futbolchilar bir individual gaplashasizmi yoki buni yana qanday siri bor?

- 120talik mixim bor (kuladi). Futbolchilar ham inson, ularni ham tushunish kerak. Moliyaviy holat qanchalik qiyin bo'lgan taqdirida ham buni hech kimga qizig'i yo'q. Futbolchilarga doim takrorlayman, nima eyapsan, nima kiyyapsan, nima qilyapsan buni hech kimga qizig'i yo'q. Maydonga chiqdingmi, iltimos o'sha darajangdan tushmagin. Agarda futbolchilarni talabni bajarmasa, unda maydonga tushmaydi. Tamom. Avval ham takidlaganman, shu qiyinchiliklar tugasa hammasi yaxshi bo'ladi. Futbolchi keyinchalik jamoada qoladimi-yo'qmi, buni farqi yo'q. Uzr, hozirgi kunda meni qo'l ostimdami men hech kimga bo'shashishga ruxsat bermayman. O'zimga ham shunday talabni qo'yaman. Futbolchi libosini kiyadigan jamoasini va o'zini darajasidan pastga tushishga haqqi yo'q. Bu masuliyatni to'liq his etishi kerak. Qiyin sharoitga qaramasdan, o'ynash kerak. To'g'ri, jamoamizda rotaciya qilish uchun imkon yo'q. Kamiga juda qisqa fursat ichida juda ko'plab o'yinlarda maydonga tushyapmiz. Yana kimlarga qarshi? "Navbahor"ga Namanganda, "Lokomotiv" va "Qo'qon-1912". Bugun esa "Nasaf" bilan o'ynadik. Futbolchilar shunga qaramay o'zlarida kuch topishmoqda. Biz ular bilan ham individual muloqot qilamiz. Nimani xohlayotganimizni va ulardan nima talab qilinishini yaxshi tushuntiramiz. Futbolchi maydonga tushdimi bo'ldi, unga hech qanday chegirma yo'q.

- Moliyaviy qiyinchiliklar anchadan buyon davom etmoqda. Buyog'iga ikkinchi davrada yana futbolchilarga taklif kelishi va ular ketib qolishi mumkin...

- Avvalo ikkinchi davra boshlansin. O'sha davrga kelaylikchi, ko'ramiz. Albatta hozirda akademiyadan chiqqan va yoshlar taribidan etishib chiqqan futbolchilarga etibor qaratamiz. CHunki ayni paytda kimnidir jamoaga taklif etishga sharoitimiz taqozo etmaydi. Agarda kimdir ketadigan bo'lsa, unda uning o'rniga akademiyadan etishib chiqqan futbolchilarga ishonamiz. Boshqa iloji yo'q. To'g'ri natija bo'lmasligi mumkin. Ammo vaqt o'tishi bilan o'sha futbolchilar katta futbolga qadam qo'yadi va toblanib pishadi.
Birinchi davrani oxirigacha kurashamiz, ikkinchi davrada ham buni davom ettiramiz. Uchinchi va to'rtinchi davralar ham borku. Bizning hozirgi maqsad - o'sha davralarga qadar kuchli-oltilikda etib borish. Uyog'ini vaqt ko'rsatadi.

Agarda etakchi futbolchilarimizga yaxshigina taklif bilan chiqadigan klub topilsa, unda buni ko'rib chiqishga tayyormiz. Bu normal holat. Vaziyatdan qanday chiqamiz? Kimdirdan voz kechib butun jamoani saqlab qolish mumkin. Asosiy maqsad - jamoani saqlab qolish.


Reyting: +75   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика