So’nggi yangiliklar

07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  0 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  5 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  6 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  60 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  7 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1

Mirjalol Qosimov: "Futbolchilarim bilan faxrlanaman" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Futbolchilarim bilan faxrlanaman"

O'zbekiston kubogi-2017 finalidan keyin "Bunyodkor" bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida qatnashdi.

"Lokomotiv" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Birinchi bo'limda hisob ochildi va shu hal qildi. Boshida yigitlarda biroz bosim bor edi. O'yin davomida o'zimizni qo'lga oldik. Futbolchilarim bilan faxrlanaman", - deydi Qosimov. 


- Norxonov asosiy tarkibda maydonga tushdi, Nurmatov esa zaxiradan tushib o'yinni kuchaytirdi. 

- Buni tekskari ham bo'lishi mumkin edi. Nurmatov ham Norxonov ham bir xil saviyadagi futbolchilar. 


- CHemirtan haqida fikringiz o'zgardimi? 

- To'g'ri u harakat qildi, ammo barchasi nolga teng bo'ldi. Kecha aytgandim, kimdir xato qiladi va mag'lub bo'ladi. Bugun o'xshamadi, ammo yigitlar vaqti kelganda bundan ham kuchli bo'lib natijalarga erishishadi. 


- Nurmatov va CHemirtan to'pni qabul qilishda ko'p xato qilishdi. Ular "Bunyodkor" saviyasiga mosmi? 

- Bizda to'rt nafar hujumchi bor. Ularga ishonaman. Maqsadimizga eta olmadik. Qanot himoyachilarimiz havodan to'pni juda yaxshi oshira olishadi, ammo bugun buni ko'rmadik. 


- Endi qaysi chiziqlarni kuchaytirmoqchisiz? 

- Hozir birinchi navbatda rejamiz dam olish. Keyin bu haqda o'ylab ko'ramiz. Imkon bo'lsa har bir chiziqqa munosib futbolchilarni olib kelish kerak. Biz pulni emas, pul bizning ortimizdan quvishi lozim. Maqsad bo'lmasa futbol o'ynashdan mano yo'q.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика