Mirjalol Qosimov: "Futbol shunday narsaki, unda gol urmasang, nimadandir umid qilish qiyin"
18 mar 2021 21:13
Yangiliklar
Mirjalol Qosimov: "Futbol shunday narsaki, unda gol urmasang, nimadandir umid qilish qiyin"
Superliganing uchinchi turidan o'rin olgan AGMK - "Paxtakor" (0:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o'z fikrlarini bildirdi.
"Nima deyish mumkin, albatta, alamli mag'lubiyat bo'ldi. O'ylaymanki, yirik hisobdagi mag'lubiyatga loyiq emasdik, bugun bizni kunimiz emas ekan. Birinchi bo'limda jamoalar teng o'ynashdi. Oddiy vaziyatda gol o'tkazib yubordik. Bizda ko'plab vaziyatlar yuzaga keldi. Jumladan, Kasyanda, Jokichda, G'ofurovda qulay imkoniyatlar bo'lgandi. Futbol shunday narsaki, unda gol urmasang, nimadandir umid qilish qiyin. Barchasini ko'rib chiqamiz, hayot davom etadi. "Paxtakor"ni g'alaba bilan tabriklayman. SHuningdek, o'zbek xalqini Navro'z ayyomi bilan tabriklab, salomatlik tilayman", – Mirjalol Qosimov.
Fikrlar