So’nggi yangiliklar

20:17"Реал" келаси мавсум фойдаланадиган формасини кўрсатди  0 19:51"Барселона" Луис Диас учун "Ливерпул"га қанча тўламоқчи?  1 19:50Про лига. "Жайхун" "ФарДУ" билан, "Олимпик-MobiUz" "Локомотив" билан ўйнамоқда  0 19:25"Барселона" юлдуз ҳимоячисини сотиши мумкин  0 19:00Мареска "Челси"нинг янги трансферини анонс қилди  1 18:32Очилов, Баратов, Ўрмонжонов, Ресан, Муртозаев ва бошқалар... Суперлига 12-тур рамзий терма жамоаси  0 18:04Қўқонда йирик ғалабага эришган мураббий, дубль қайд этган ҳужумчи, дербида дуранг ўйнаган посбон — Суперлигада 12-турнинг энг яхшилари  2 17:32Кафу: "Гаттузо – мукаммал танлов"  3 17:04Мбаппе Испания ғазнасига 14,5 млн евро туширади  1 16:38"Арсенал" иқтидорли футболчиси билан шартномани узайтиришга жиддий киришган  0 16:11Transfermarkt: Мозговой Неъматовга етиб олди, Сергеевнинг нархи 1 миллион бўлди   7 16:03"Насаф" Қаршида "Навбаҳор" устидан минимал ғалабага эришган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 15:40Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Тошкент вилоятида йиғинга киришди  3 15:05Винисиус Хаби Алонсо ҳақида қандай фикрда?  0 14:36Англиянинг 3 та клуби Гарначога қизиқмоқда  0

Mirjalol Qosimov: "Durang ikki jamoani ham qoniqtirdi deb o'ylayman" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Durang ikki jamoani ham qoniqtirdi deb o'ylayman"

Superliganing 13-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - AGMK (0:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Mirjalol Qosimov o'z fikrlarini bildirdi.





"Superligadagi tanaffusdan keyingi ilk uchrashuvni o'tkazdik, o'yin ritmidan chiqib ketilgani ko'rinib turdi. Bugun ikkita bir-biriga munosib jamoalar o'ynashdi. So'nggi yillarda "So'g'diyona" bilan juda ko'p durang o'ynayapmiz. Hisob ochilmagan bo'lsa ham ikkala tomon ham hujumkor va shiddatli o'ynadi. Bugungi bahsda durang ikki jamoani ham qoniqtirdi deb o'ylayman, chunki durangga mos o'yin bo'ldi.

Yozgi transfer oynasi vaqtida faqat Martin Boakeni tarkibga qo'shib oldik. Sababi futbol o'yinchoq emas, futbolchilarning maydondagi o'zaro til topishib ketishi muhim, yangi murabbiy bir jamoaga kelgach kamida 3 yil vaqt kerak deyishadiku. Tarkibda katta o'zgarishlar foydali ham bo'lishi mumkin yoki aksincha.

Hakamlikka etirozim yo'q. Hakam xushtagini qancha kam chalsa shuncha yaxshi. Bugun shunday bo'ldi, jamoalar futbol o'ynashdi va maydonda qiziqarli bahs kechdi", - deydi Mirjalol Qosimov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика