So’nggi yangiliklar

19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  0 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  7 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  10 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  2 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  5 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  5 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  9 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7

Mirjalol Qosimov: "Bunday sovuqda futbol o'ynashning yaxshi tomoni ham bor" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Bunday sovuqda futbol o'ynashning yaxshi tomoni ham bor"

O'zbekiston kubogi-2017 finalidan oldin "Bunyodkor" bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida qatnashdi.

Ertaga anchagina qiziqarli o'yin bo'lishi kutilmoqda. Oxirgi marta 2013 yilda kubokda g'olib bo'lgan edik. Bundan tashqari bu yil medallarsiz qoldik. Ertangi g'alaba bir qator futbolchilarimizning faoliyatlaridagi eng birinchi sovrin bo'ladi. Kubokni qo'lga kiritsak bu bizga Osiyo chempionlar ligasiga yo'llanma beradi. Ochiq, shiddatli va qiziqarli o'yin bo'lishiga ishonaman. Sababi ikkala jamoa ham g'olib bo'lishga urinadi. Raqib jarima maydoni ichidan baxtimizni izlaymiz, - deydi Mirjalol Qosimov.  

O'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Ertaga ikkinchi marta kubok finalida o'ynayman. O'tgan safargi finalda mag'lub bo'lgan edim. "Lokomotiv" jamoasi anchagina kuchli, ammo biz g'alaba uchun kurashamiz, - deydi Rustam Ashurmatov.  



- Faqat 4 nafar futbolchi hisobida kubok va chempionlik bor. Yosh futbolchilar bilan alohida ishlandimi?
- Albatta, balki bu yoshlar hali tushunishmayotgandir. Ammo yillar o'tib bu kubokni qadri qanchalik bo'lishini tushunib etishadi.

- Oliy liganing oxirgi turida "Lokomotiv" bilan bahsda siz maydonni ko'z yoshlar bilan tark etdingiz...
Rustam 
Ashurmatov: - Bu o'yinni unutib bo'ldim. Faqat keyingi uchrashuv haqida o'ylayapman.

Mirjalol Qosimov: - O'sha holat Rustamni yanada kuchli qildi.

- "Lokomotiv" bilan chempionat doirasidagi bahsda raqibning kuchsiz tomonini ko'ra oldingizmi?
- Albatta, har bir o'yinda raqibni o'rganamiz va kuchsiz tomonlarini topishga urinamiz. Ertaga kim kamroq xato qilsa hamda vaziyatlardan unumli foydalansa g'olib bo'ladi. Xuddi soat mexanizmi kabi ishlash darkor.



- Ob-havo futbol o'ynash uchun qulaymi?
- Yaxshi! CHunki sovuqda yugrurmasa shamollab qoladi, shu bois sovuq bo'gani yaxshi (kuladi).

- Finaldan oldin jarohat olganlar bormi?
- Hali o'yingacha 24 soat vaqt bor. Xudoga shukurki hozirgacha jiddiy jarohat olganlar yo'q.



 Narzulla Saydullaev

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика