So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  0 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  2 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  18 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  2 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  74 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

Mirjalol Qosimov: "Bu o'yin endi tarix, keyingi o'yinga tayyorlanamiz" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Bu o'yin endi tarix, keyingi o'yinga tayyorlanamiz"

Superliganing 12-turida "Olimpik"ka qarshi bahsdan keyin AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o'z fikrlarini bildirdi.




- O'yinni barcha o'zi taxlil qilsa ham bo'lardi. Menimcha, biz boshqa sayyoradan kelganmiz. Kiyim almashtirish xonasida yigitlarga nima bo'lishidan qatiy nazar oxirigacha kurashishimiz kerakligini aytgandim. "Olimpik"ni g'alaba bilan tabriklayman. Bu o'yin endi tarix, keyingi o'yinga tayyorlanamiz. Afsus, keyingi o'yinni Sardor Rahmonov o'tkazib yuboradi. Murod Toshmatov jarohat oldi.



- Murod Toshmatovning holati qanday?

- SHifokorlar ko'rigini kutamiz. Bu tibbiy ko'rikdan keyin malum bo'ladi. Uning tizzasida jarohat bor. Barchasi ertalab aniq bo'ldi.

- Mirjalol Qosimov personajidan doimo yuqori natijalar, g'alabalar kutishadi. Bu Siz uchun qanchalik darajada bosim beradi?

- O'zim oldimga doimo yuqori maqsadni qo'yaman. Doimo yuqori o'rinlarda bo'lishni istayman, shuning uchun kurashaman. Ammo bu futbol, doim ham o'xshayvermaydi. Barchasi maydondagi o'yinda hal bo'ladi.

- Muxlislar "Olimpik" va "Nasaf"ning o'yinini bir-biriga qiyoslashadi, yani, o'yin uslub bir-biriga yaqin deyishadi. Bunga qanday fikrdasiz?

- Doim ham o'yin bir xil chiqavermaydi. "Olimpik" kelajak uchun tayyorlanayotgan jamoa. Ularning oldiga oliy maqsad qo'yilgan. Ular shu yo'l orqali o'z vazifasini bajarishi kerak. Yigitlar shu o'yinlar orqali toblanib borib, Olimpiada saralash o'yinlarida o'zini ko'rsatib, musobaqaga yo'llanma olishi kerak. SHu sababli tarkibda bir xil yoshdagi iqtidorli futbolchilar yig'ilgan. Balki shu sababli ikki jamoaning o'yini o'xshashdir. Temur Kapadzeni ham bilamiz. U doimo to'p bilan birga bo'lishni, qisqa paslar orqali jamoasini o'ynatishni talab qiladi. Ularning orasidagi farq bir yosh. Balki tarkibda tajribali futbolchilar bo'lganida albatta, plyus bo'lardi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика