So’nggi yangiliklar

12:27ПСЖ "Ювентус" юлдузини нишонга олди  0 11:47"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда  0 11:20Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  37 10:29"Динамо" Беларусда учта ўртоқлик ўйини ўтказади  2 10:05"Эсхата" устози Шуҳрат Умаров: "Шацкихга омад, ОЧЛда "Андижон"га мухлислик қиламиз"  0 09:43"Хоразм" назорат учрашувида "Бунёдкор" ўринбосарлари билан дуранг ўйнади  1 09:22Иззатилло Пўлатов: "Халқимиз қўллаб-қувватлаб турса, барчасига бирга эришамиз"  1 08:46Одил Ҳамробеков "Трактор"да норасмий дебютини ўтказди  0 08:21"Манчестер Юнайтед" беш футболчига базага киришни тақиқлади — клуб улардан воз кечмоқчи  9 08:00"Финалиссима-2026": Испания ва Аргентина ўртасидаги супероқшом март ойида бўлиб ўтади  2 07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  2 01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  7 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  3 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  7 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  4

Mirjalol Qosimov: "Biz shashka o'ynamaymiz" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Biz shashka o'ynamaymiz"

Superliga 14-turidan o'rin olgan AGMK – "Metallurg" uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Mirjalol Qosimov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin haqida

- Derbiga xos o'yin bo'ldi. SHunga yarasha tayyorgarlik ko'rgandik. Uchrashuvni yaxshi boshlagandik, 15-daqiqaga qadar 2-3 ta juda qulay imkoniyat yuzaga keldi. Afsuski, gol urolmadik. Birinchi taym so'ngidagi chetlatish barcha rejalarimizni o'zgartirib yubordi. Jangovar bahs kuzatildi. Bugungi to'qnashuv futbolimiz 110 yilligi bayram qilinayotgan damga to'g'ri keldi. SHunga monand muxlislarimizga ijobiy kayfiyat taqdim etishni xohlagandik. Ammo bu – futbol. Albatta, mag'lubiyatdan qochib qutulib bo'lmaydi. Endi keyingi o'yinlarga hozirlik ko'ramiz.

- Sardor Rahmonov mavsumda uchinchi, "Metallurg" bilan esa ikkinchi marta qizil kartochka olmoqda. Unga etirozingiz bormi?

- Etiroz har bir himoyachiga hamisha bo'ladi. Akramjon Komilov ham yo'q joydan to'rtinchi sariq kartochkasini oldi. Endi to'qnashuvlarga boy sport turi bo'lgani uchun o'yinga berilib ketishdi. Bunaqa vaziyatlar bo'lib turadi. Masalan, Davronjon Ergashev ham "Bunyodkor"ning Jizzaxdagi uchrashuvida maydondan chetlatildi. Sardor Rahmonovning Bekoboddagi chetlatilishiga qo'shilmagan bo'lardim. U erda qizil kartochka berilmasligi lozim edi. Bugungi vaziyatda to'g'ri qo'rqmasdan kurashga kirishdi. Biz shashka o'ynamaymiz. SHashka o'ynaganimizda, bunday bo'lmasdi. Bu atayin qilingan narsa emas, to'p uchun kurash chog'ida, o'yindagi vaziyatda vujudga keldi. Sardor himoyachi, shu bois bunday to'qnashuvlarda ko'p ishtirok etadi. Bunaqa holatlar uchrab turadi. Bu – normal holat.

- CHempionatimizda keskin o'yinlar ko'p bo'lyapti. AGMKning bir qancha futbolchilarida shunday holat kuzatilyaptiki, ularni qoniqtirmayotgan hisob qayd etilayotgan paytda o'zlarini boshqara olishmayapti va sariq kartochkalar ko'payib ketyapti. Hali oldinda to'qnashuvlarga boy bahslar ko'p. Bundan jamoa pand eb qolmaydimi?

- Sal avval aytganimdek, bu shashka emas. Hammasi xohish-istak kuchliligidan, sport principlaridan chetga chiqmagan holatda ro'y bermoqda. Albatta, hech kim yutqazgisi kelmaydi. Bu – normal holat. Evropani qarang, qanday jangovar to'qnashuvlar bo'ladi. Biz ham shu orqali rivojlanib boramiz.

- Yangi futbolchilarning moslashuv jarayoni qanday kechmoqda?

- Ular kecha uchib kelishdi. Jamoaga endigina qo'shilishdi. Qaysi biri Istanbul orqali, qaysi biri Olmaota orqali peshinda keldi. O'ylaymanki, 10 kishi bo'lib harakat qilgan bo'lsak-da, o'yinga yaxshi kirishib ketishdi. Ular jamoa imijiga ijobiy tasir qiladi deb o'ylayman. 

- Bu futbolchilarni shaxsan o'zingiz tanlab, jamoaga jalb qildingizmi yoki kimdir tavsiya qildimi?

- Murabbiylar shtabimiz bilan kelishgan holda hal qilinadi. O'zimizdan o'zimiz xarid qilmaymiz. Qaysi nuqtalarga kerak bo'lsa, o'sha erga olamiz. SHuningdek, jamoa o'yiniga to'g'ri keladimi yoki yo'q, shunga qaraymiz. Tavsiya ham qilishadi, albatta.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика