Mirjalol Qosimov: “Bazan futbolda omadga ham ko'p narsa bog'liq”
19 avg 2017 00:15
Yangiliklar
Mirjalol Qosimov: “Bazan futbolda omadga ham ko'p narsa bog'liq”
-Bugun bir-biriga munosib ikki jamoa ishtirokida ajoyib o'yinni guvohi bo'ldik. O'yin asabiy kechganini ham takidlab o'tgan bo'lardim. “Nasaf”ga qarshi mehmonda o'ynash juda og'ir. SHunga qaramasdan yigitlar bor imkonlarini ishga solishib, harakat qilishdi. Muhimi uch ochkoni qo'lga kiritdik. Ikkinchi bo'limdagi vaziyatda agar CHemirtan gol ura olganida balki o'yin bunchalik asabiy kechmasdi. “Nasaf” jamoasi haqida yaxshi fikrlarni aytishim mumkin. Tarkibda kuchli futbolchilar bor. Murabbiy futbolchilarga doimo imkon beradi. Bunda har qanday futbolchi o'zini ko'rsatishi kerak. Bazan futbolda omad ham kerak bo'ladi.
Eldor SHomurodov haqida fikrim? Men faqat unga omad tilayman. Uni kamroq maydonga tushayotganiga sabab, albatta murabbiy uni yaxshi o'rgansa, ko'proq imkon beradi. Bunga ozroq vaqt kerak bo'ladi.
Fikrlar