So’nggi yangiliklar

21:20Mirabror Usmanov Cup-2024. Драматик кечган баҳсда Ўзбекистон футзал терма жамоаси Гватемалани 5:4 ҳисобида мағлуб этди  2 21:00Эдерсон кетса "Манчестер Сити" дарвозасини ким қўриқлайди?  0 20:31Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ ўрин олган гуруҳ: ўйинлар, таркиблар, натижалар  6 20:17"Астон Вилла" 50 млн. фунтга Онанани сотиб олди  1 20:05"Комо" "Ювентус" хавбекига даъвогарлик қилмоқда  0 19:48Mirabror Usmanov Cup-2024. Дарвозабон 2 та гол урган ўйинда Тожикистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди  1 19:29Энцо Зидан тез орада фаолиятини якунлайди  6 19:02"Манчестер Сити" Доннаруммани қўлга киритиш ҳақида ўйламоқда  0 18:30АПЛ янги мавсумда фойдаланиладиган расмий тўпни намойиш қилди  0 18:09Қувватовдан сўнг энди Цигер "Навбаҳор"га йўл олмоқда. "Нефтчи" пойгадан чиқяптими?  15 17:56Шаҳбоз Жўрабеков: "Бир жамоага ишониб "Қизилқум" билан хайрлашгандим. Клубсиз қолишим мумкин эди. "Бунёдкор"ни қутқариш учун келдик"  3 17:23Кантона Ямалга тан берди  4 16:59"Реал" янги мавсум учун меҳмон либосини тақдим этди  1 16:36Роналдо Эндрикнинг "Реал"даги истиқболига баҳо берди  5 16:11"Испания Еврони ҳақли равишда ютди" — Бензема  3

Mirjalol Qosimov - BAA terma jamoasini boshqarishga mos murabbiy Yangiliklar

Mirjalol Qosimov - BAA terma jamoasini boshqarishga mos murabbiy

BAA terma jamoasida doim yaxshi futbolchilar va yaxshi mablag' bo'lishiga qaramay, hech natija ko'rsata olmayapti.

Biz odatda o'zbek futboliga kuchli xorijlik murabbiylar kerak deymiz, evropaliklar kelsa futbolimiz bir qadam oldinga sakraydi deyishga o'rganib qolganmiz. Lekin o'zimizdan ham murabbiylar chetda ishlashi, mayli hozircha Evropa bo'lmasa ham, Osiyo darajasidagi kuchli jamoalarni boshqara olishi mumkinligi haqida o'ylab ko'rmaymiz. 

Mana, yaxshi futbolchilar chetga ketyapti-ku. Eldor SHomurodov ham o'z-o'zidan "Roma"ga borib qolgani yo'q. Hammasi mehnat tufayli. Yoki bo'lmasa vaqti-vaqti bilan hakamlarimizga taklif tushib turibdi. Xo'sh, shunday ekan nima uchun o'zbekistonlik murabbiylarga chetdan qiziqish bo'lmasligi kerak?

Oxirgi paytlarda meni ko'p o'ylantirayotgan masala - nima sababdan o'zimizdagi murabbiylarning chetga chiqib ishlamasligi. Yoki bizning murabbiylar bunga tayyor emasmi? Mana, Usmon Toshev Tojikiston terma jamoasini boshqarib, yomon natija qayd etmadi. 

Lekin bizda Toshevdan ham kuchli murabbiylar bor. Masalan, Mirjalol Qosimovni olaylik. Ayni payt AGMKni boshqarayotgan ushbu mutaxassis o'z paytida "Mashal"da ishlagan, Olimpiya terma jamoamizni boshqargan, "Bunyodkor" bilan katta yutuqlarga erishgan, CHempionlar ligasida bir nechta g'alabali o'yinlarni ko'rgan, bundan tashqari Qosimov ikki bor O'zbekiston milliy terma jamoasini boshqargan va bir marta terma jamoamizni jahon chempionatiga olib chiqishga juda yaqin kelgan. 

Qosimov qo'l ostida AGMK bu yil garchi OCHLda guruhdan chiqa olmagan bo'lsa ham, har bir o'yinda "jang" qildi. Futbolchilar osonlikcha kurashni boy bergani yo'q. SHaxsiy fikrimcha, futbol darajasi baland bo'lgan joyda borib ishlashga nomzod birinchi raqamli o'zbek murabbiyi bu - Mirjalol Qosimov bo'lsa kerak.



Bunday fikr kutilmaganda xayolga keldi. Osiyo futbolini imkon qadar yaqindan kuzatganim bois, jahon chempionati saralash bahslari va Osiyo Kubogi musobaqalarida har bir terma jamoa va murabbiylar faoliyatini etibordan chetda qoldirmaslikka harakat qilaman. SHu kunlarda esa  ko'proq BAA terma jamoasining qayd etayotgan natijalari etiborimni tortyapti. 

BAA terma jamoasi JCH-2022 saralash bosqich uchinchi raund o'yinlarida ishtirok etyapti va 5ta o'yin o'tkazgan bo'lsa, hali biror marta g'alaba qozonmadi: 3 durang va 2 mag'lubiyat. To'plar nisbati 3-5. Bu jamoa o'z maydonida kuchsiz Livanni enga olmadi, safarda Suriya bilan durang o'ynadi, o'z uyida Eronga yutqazdi, so'ngra Iroq bilan 2:2 qayd etdi va oxirgi turda Janubiy Koreyaga mag'lub bo'ldi. To'plar nisbatini ham ko'rib turibsiz, 5ta o'yinda atigi 3ta gol urgan. 

Bu natija bilan BAA terma jamoasi nari borsa uchinchi o'ringa davogarlik qila oladi. CHunki guruhdagi etakchilar - Eron 13, Janubiy Koreya esa 11 ochko to'plab ancha ilgarib ketdi. BAAning hozirgi murabbiyi Bert van Marviyk esa nima qilishni bilmayapti (Agar Qosimov bo'lganida kamida bitta o'yinni yutgan bo'lardi). 

Van Marviyk Osiyo Kubogi-2019dan so'ng terma jamoani qabul qilib olgandi. Lekin dastlabki ish faoliyati hattoki bir yilga bormadi. So'ngra o'z o'rnini serbiyalik Ivan Yovanovichga bo'shatib berdi. Yovanovichdan keyin jamoani kolumbiyalik Xorxe Luis Pinto boshqardi. Va hozirgi paytga kelib yana rul Bert van Marviykka ishonib topshirilgan. Ammo ushbu mutaxassis qo'l ostida amirlik futbolchilar hech narsa qila olishmayapti. 

Malumki, arab jamoalari murabbiylarni tez-tez almashtirib turadi. Bazan birgina mag'lubiyat ham murabbiy uchun oxirgi o'yin bo'lib qolishi mumkin. Lekin aytaylik, BAA terma jamoasi o'zbek murabbiyiga topshirilsa, Mirjalol Qosimov natija ko'rsata oladi degan taxmindaman. Axir biznikilar ham qachondir Osiyoda ishlashi kerak-ku. 



Mirjalol Qosimov tartib-intizomga jiddiy qaraydi, har bir o'yinga taktika tanlashni biladi va futbolchilardan doim kurashuvchanlikni talab qiladi. Qosimov o'z vaqtida arab klublari va terma jamoalarini qanday mag'lub etganini ko'rganmiz, u kishi arab futbolini juda yaxshi biladi. Bundan tashqari futbolchilik paytida BAAning "Al SHabab" klubida faoliyat olib borgan. 

Va eng muhimi, arablar ham Qosimovni yaxshi taniydi. Endi hozirgi yoshlar bilmasligi mumkin, lekin yoshi katta muxlislar va mutaxassislar Mirjalol Qosimovning qanday darajadagi futbolchi bo'lganini ham bilishadi. Oddiy misol, qaysi bir arab davlatiga bormang, futbol ishqibozlari bilan suhbatda O'zbekiston deyishingiz bilanoq "O, Kasimov! Very good player and good coach" degan gapni eshitasiz. 

Arab dunyosida ular eng ko'p Qosimovni biladi va maqtaydi. Bu ham bejizga emas. CHunki Mirjalol Qosimov futbolchilikdan tashqari 2008, 2011 - 2014 yillari "Bunyodkor"ni boshqargan payt OCHLda arab jamoalariga qarshi o'ynagan. Mana shu jihatlarni hisobga olib ham Qosimov BAA terma jamoasini boshqarishga mos nomzod bo'lsa kerak. Savol tug'ilishi mumkin: nega aynan BAA? Qatar, Suriya, Iroq, Livan yoki Ummon emas, nima uchun aynan BAA?

Nazarimda, BAA futboli o'zbek futboliga yaqinroqdek, qolaversa Dubay ham bir qadam bo'lib qoldi. BAAda juda ko'p o'zbeklar yashashini hisobga olsak, endi tasavvur qiling terma jamoa uyda o'ynasa stadionda qanaqa anshlag bo'ladi. O'zbekistonning yarmi BAAga muxlislik qiladi. Va bundan tashqari, o'zbek murabbiyining chetdagi faoliyatini kuzatish biz uchun ham qiziq bo'ladi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика