So’nggi yangiliklar

08:32"FourFourTwo" "Барселона" тарихидаги энг яхши футболчилар рейтингини тузди  0 08:13Райс мухлисларнинг норозилиги ҳақида: "Бу менга ёқмади. Мадуэке ҳали нималарга қодирлигини кўрсатади"  0 01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  1 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  17 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  18 23:13Тер Штеген операция қилинади  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" дуранг ўйнади, "Актобе"дан кичик ҳисобда ғалаба  1 22:18"Қизилқум" халқаро ўртоқлик учрашувида дуранг қайд этди  0 21:47"Арсенал" 15 миллионлик трансферини эълон қилди  1 21:36"Насаф" назорат баҳсида "Хоразм"ни кичик ҳисобда мағлуб қилди  0 20:50"Машъал" Про-лига вакили билан назорат ўйинида 2 тўп фарқидаги ғалабани ушлаб қола олмади  3

Mirjalol Qosimov: "Avtobus"ni yorib o'tish har doim qiyin bo'lgan" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Avtobus"ni yorib o'tish har doim qiyin bo'lgan"

Coca Cola Superliga 1-turi doirasida "Surxon"ga qarshi o'yindan keyin OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o'z fikrlarini bildirdi.


"O'zbekiston chempionati boshlangani bilan barcha ommaviy axborot vositalarini tabriklayman. O'yinga keladigan bo'lsak,  "Surxon" jamoasining standartlarga va qarshi hujumlarga ko'proq etibor berishini bilar edik. O'ylaganimizdek bo'lib chiqdi. Birinchi bo'limda o'zimizni og'ir vaziyatga solib qo'ydik. SHunga qaramay xotirjam tarzda o'yinimizni davom ettirdik. Bu albatta o'z samarasini berdi. Lekin oddiy tilda aytganda "avtobus"ni yorib o'tish har doim ham qiyin. Bitta xato qimmatga tushishi mumkin edi. Jiddiy tayyorgarlik ko'rgan edik. Xudoga shukur, yigitlar ikkinchi bo'limda keskin, yanada tezroq o'ynab vaziyatlar yaratishdi va imkoniyatdan foydalanishdi. Albatta yanada ko'proq urishimiz kerak edi. Lekin  "Surxon" futbolchisi birga-bir vaziyatda darvozani ishg'ol qilganda har xil holat yuzaga kelishi hech gapmasdi. Bu o'yin tarixda qoldi. Navbatdagi o'yinga yanada jiddiy tayyorgarlik ko'rish kerak. Mart oyida hali hamma jismonan yuz foiz tayyor emas. SHu o'yinlar orqali jamoa sport formaga kirib oladi", - deydi Mirjalol Qosimov

- Sizni butun o'yin davomida kuzatib o'tirdim. O'yin boshida ham, hisob ochilganda ham xotirjam edingiz. Lekin 2:1, 3:1 bo'lgach asabiylasha boshladingiz. Bu nima bilan bog'liq?

- Mavsum endi boshlangani bilan bog'liq. Futbolchilarda bo'lgani kabi menda ham hayajon bo'lishi mumkin. Ritmdan chiqib ketilgan. Oxirgi o'yinimiz noyabr oyida bo'lgandi. Biz ham insonmiz. Sababini aytishim mumkin, birinchi bo'lim, chempionat boshlanishida nimadir o'xshashi yoki o'xshamasligi mumkin. Ikkinchi bo'limda hisobda oldinga chiqib oldik. Futbol 90 daqiqa o'ynaladi. Hali maqsadga erishilmagandi.  Biroz xotirjam bo'lsangiz raqib jazolaydi. Futbol hech qachon kechirmaydi. Maydonda oxirigacha o'ynash kerak. 

- O'tgan yilgi AGMK bilan bu yilgini solishtirib ko'rdik. O'tgan yili tayanch zonasida Oybek Rustamovni ko'rishni istagan edingiz. Bu yil bu transfer amalga oshdi. Zaxira o'rindig'i ham kengaydi. CHempionlik uchun kurashda OKMKni ko'rishimiz mumkinmi?

- Har doim oldimizga chempionlik,  yuqori maqsad qo'yamiz.  Lekin kutilmagan vaziyatlar bo'lishi mumkin. Sizlar tarkibni ko'rib xulosa qilasizlar.  Bu futbolchi boshqa jamoadan, yana biri boshqa jamoadan kelganiga qaraysiz. Imkon qadar tarkibni kuchaytirishga harakat qildik. Lekin jamoani tark etganlar ham bo'ldi. Har yili bo'ladi. 2019 yil ham aytganman, 30-40 foiz futbolchilar Olmaliqni o'zidan chiqsa nimadir deyish mumkin. Har mavsum futbolchilarga bizdan yaxshi takliflar bo'ladi. Futbolda bir-birini tushunishi uchun ham vaqt kerak. Jamoaga 5 nafar yangi futbolchi kelsa, qolganlar bilan imkoniyati bilan to'g'ri kelishi kerak. Avvalgi yil 7-8 nafar futbolchi ketdi. To'ldirishga harakat qilamiz. Lekin maqsadimiz chempionlikka qaratilgan. Tarix yaratish. Boshqa narsa yo'q.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика