So’nggi yangiliklar

18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  3 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  1 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  1 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  3 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  10 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2

Mirjalol Qosimov: “Ahmadaliev terma jamoaga chaqirilishga haqli” Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: “Ahmadaliev terma jamoaga chaqirilishga haqli”

Superliganing 16-turidan o'rin olgan “Bunyodkor” - “Qizilqum” (2:0) o'yinidan keyin matbuot anjumani o'tkazildi.

Marosimning ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov ishtirok etdi va jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. 

M.Qosimov: Oldindan o'yin qiyin bo'lishini bilardik. Futbol shunday o'yinki, unda yuzaga keltirilgan vaziyatlardan unumli foydalana olmasa, yanada og'irlashadi. Lekin bugungi o'yinda vaziyatlardan foydalanib, muhim uch ochkoni qo'lga kiritganimizdan xursandman. Ammo, bir oylik tanaffus tasirida biroz bo'lsada, o'yin ritmidan chiqib ketganimiz ham bor gap. Endi shu o'yinlar orqali yana yuqori sport formasiga chiqib olishga harakat qilamiz. 

Kechagi o'yin oldidan o'tkazilgan mashg'ulotga kelsak, buning o'ziga yarasha sabablari bor. Ketma-ket uchrashuvlar, turli tadbirlar natijasida maydon chimining sifatiga putur etdi. 23 iyun kuni Xalqaro olimpiya kuni, 30 iyunda Yoshlar kuni munosabati bilan tadbirlar o'tkazildi. O'smirlar o'rtasidagi Markaziy Osiyo chempionati uchrashuvlari va har kuni ishtirokchi terma jamoalarning mashg'ulotlari ham shu stadionda bo'lib o'tdi. Biz o'ylamasak, boshqa hech kim maydon sifati haqida qayg'urmaydi. SHu sababli ham bir kun oldingi mashg'ulotlarni akademiya maydonida o'tkazishga majbur bo'ldik. 

To'g'ri, agar jamoani saqlab qolish uchun etakchi futbolchilarni sotish kerak bo'lsa, bunga tayyor ekanligimni aytgandim. Lekin transferlar oynasi ochilgan paytda bizni qoniqtiradigan taklif bo'lmadi. SHu sababli ham tarkibni saqlab qolishga qaror qildik. Jamoadan birgina Umirov ketdi. 

Dilshod Ahmadaliev yarim yil futbol o'ynamadi. Baribir bu holat o'z tasirini o'tkazmay qolmaydi. Lekin ishoning, bu futbolchi nafaqat “Bunyodkor”ning, balki O'zbekistonning ham eng kuchli o'ng qanot himoyachisi hisoblanadi. Uni terma jamoaga chaqirish kerak. 


SHahboz Beg'amov yozib oldi 

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика