So’nggi yangiliklar

00:27Ёзги транфер ойнасида рекорд даражада кўп трансфер амалга оширилди – ФИФА  1 00:08Англиялик уч нафар футболчи жароҳат сабаб терма жамоанинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  0 23:45Муҳаммад Салоҳ "Ливерпуль" билан ўз келажаги бўйича музокара ўтказади  1 22:52Қирғизистон термаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда  2 22:16Маурисио Почеттино шу ҳафта янги жойда иш бошлайди  1 21:52ОКМК 120 дақиқа давом этган назорат ўйинида "Олимпик"ни мағлубиятга учратди  2 21:23Отабек Шукуров: "Туркиядаги муаммолар сабаб, клубимни ўзгартиришга мажбур бўлдим. Ҳозир янги клубим эмас, терма жамоамиз манфаати ҳақида кўпроқ қайғурмоқдаман"  5 21:00 Ўзбекистон миллий термаси машғулоти: Ҳусанов, Шомуродов ва Турғунбоев жамоага қўшилди  0 20:44Ўзбекистон миллий терма жамоасининг тўлиқ таркибдаги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 20:31Ўзбекистон футзал терма жамоаси Бразилияга қарши иккита ўртоқлик ўйини ўтказади!  5 20:05"Реал"нинг яна икки футболчиси жароҳат олди  0 19:55ЎФА президенти Абдусалом Азизов Ўзбекистон терма жамоаси билан учрашди  8 19:37Дешам: "Килиан Мбаппе робот ёки супермен эмас"  5 19:14Жоан Лапорта: "Флик баҳона изламайди ва бор имкониятидан максимал фойдаланишга уринади"  5 18:50Куман Бергвейннинг "Ал Иттиҳод"га трансфери ҳақида: "26 ёшда пул — асосий мақсадингиз бўлмаслиги керак"  2

Finaldan oldingi matbuot anjumani. Mirjalol Qosimov: "AGMK finalga o'z mehnati bilan chiqdi. Bitta o'yinda barcha narsa bo'lishi mumkin" Yangiliklar

Finaldan oldingi matbuot anjumani. Mirjalol Qosimov: "AGMK finalga o'z mehnati bilan chiqdi. Bitta o'yinda barcha narsa bo'lishi mumkin"

O'zbekiston kubogi finalidan oldingi matbuot anjumanida AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov va jamoa darvozaboni Valijon Rahimov ishtirok etdi.

"Sizlar bilan ko'rishib turganimizdan xursandman. Superliga doirasida "Navbahor"ga qarshi o'yinda Namanganga kubok finali uchun qaytib, mezbonlarga qarshi o'ynashni niyat qilgandik. Ammo bu futbol, o'z mehnatimiz bilan finalga chiqdik. Bu erga yaxshi niyatlar bilan keldik. Namangandagi bu stadionda muhit doim yaxshi bo'lgan. Muxlislar doim "Navbahor"ning 12-o'yinchisi bo'lib keladi. AGMK jamoasi finalga munosib tayyorlandi. "Paxtakor"ni tariflash shart emas, raqib qanday kuchga ega ekanligini barcha biladi. Bekorga ular chempion bo'lishmadi. Ammo kubok finali bitta o'yindan iborat, g'alaba qozonish uchun harakat qilamiz. Ertaga stadionga kelgan muxlislar kurashlarga boy o'yinni tomosha qilishadi va xursand bo'lib uyga qaytishadi", - deydi Mirjalol Qosimov.



"Toshkentdagi finallarda stadion to'lmasdi. Namangandagi finalda muxlislar kelib qo'llab turishsa chiroyli o'yin bo'ladi deb o'ylayman. Biz finalga tasodifan chiqib qolmadik. "Lokomotiv", "Metallurg" va "Nasaf" kabi klublarni mag'lub etdik", - deydi Valijon Rahimov.



"Finalga osongina chiqib qolmadik. Dastlab safarda "Lokomotiv"ni mag'lub etdik, keyin "Metallurg"ga qarshi bahs bo'ldi, yarim finalda "Nasaf"ni yutdik. Bu jamoa ham juda kuchli. Oson o'yinlar bo'lgani yo'q. Haqli ravishda finalga chiqdik. Bitta o'yinda barcha narsa bo'lishi mumkin, kamroq xato qilishga va imkoniyatlardan foydalanishga intilamiz. Finalda borimizni berib o'ynashga harakat qilamiz.

Futbolda jarohatlar ko'p uchraydi, bu odatiy holat. Futbolda jarohatlar yonma-yon turadi. Pandemiya sabab butun dunyo uchun yil juda og'ir o'tdi. Mavsum ham cho'zilib ketdi. Sanjar Tursunov maydonga tusha olmaydi. Bobur Yo'ldoshev, Mirjamol Qosimov va Murodjon Toshmatovda kichik jarohatlar bor. Jarohat olgan bir-ikki futbolchi finalda o'ynay olmaydi. Lekin shunga qaramay ertangi finalda ularning yo'qligini bilintirmaymiz, degan umiddaman.


Biz futbolni muxlislar uchun o'ynaymiz. Ular stadionga kelib, yoqtirgan jamoalariga muxlislik qilishlarini, futboldan zavq olishlarini istaymiz. Namanganda doim ajoyib muxlislik bo'lgan, o'ylashimcha, ertaga muxlislar to'la stadionda o'ynaymiz. Bo'sh tribunalar baribir finalga xos emas. Muhit ham boshqacha bo'ladi. O'z vaqtida futbol o'ynaganimda ham Namanganda muxlislar ajoyib tarzda o'z jamoalarini qo'llab-quvvatlashardi. Namanganda futbolga bo'lgan mehr o'zgacha. 

Ayni paytda OCHL haqida o'ylayotganim yo'q. Oldimizda final bor va shu bois xalqaro musobaqa haqida hozirdan o'ylash noto'g'ri bo'lardi. Men o'yindan-o'yinga sakrashni yoqtirmayman. Ertaga bizni muhim o'yin kutmoqda.

Agar Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etsak, unda shunga yarasha tarkibni kuchaytirishimiz kerak bo'ladi. CHunki AGMK  xalqaro maydonda nafaqat Olmaliq shahri shani, balki butun O'zbekiston sharafini himoya qiladi va yaxshi natijalar qayd etishga intilamiz. Yangi mavsumda nafaqat bizning klubda, balki barcha jamoalarda o'zgarishlar, yangi futbolchilar bo'ladi. CHunki barcha jamoalar kuchliroq futbolchilarni chorlashga intiladi. Biz ham tarkibni kuchaytirishga harakat qilamiz.


Ochiqcha aytadigan bo'lsam, "Navbahor" jamoasidagi bazi futbolchilarga qiziqqanmiz. Lekin jiddiy qiziqish bo'lmagan. 

Ancha yillardan buyon murabbiylik qilayapman va hakamlar haqida deyarli gapirmaganman. Hakamlar nazoratchilari bor, ularga baho berish bizning ish emas. Finalda xorijlik hakamlar? Oldinroq ham shunday bo'lganini eslayman, lekin ayni paytda o'zbek hakamlarining malakasi arab hakamlaridan balandroq.

AGMK jamoasi yakunlayotgan yildan ko'ngli to'ldimi? Jamoada qorovuldan boshlab rahbargacha barcha bitta maqsad yo'lida birlashgan. Oson yil bo'lgani yo'q, mavsum juda og'ir o'tdi. Barcha futbolchilar charchashgan. AGMK o'z tarixida ilk bor chempionatda bronza medallariga ega chiqdi. Bu oson bo'lgani yo'q. Buni tagida katta mehnat turibdi. Jamoada ishlaydigan barcha buni yaxshi biladi. Tarixiy voqea bilan muxlislarimizni, qolaversa futbolchilar va ularning yaqinlarini tabriklayman. Lekin to'xtab qolish kerak emas. Sportda doimo oldinga intilish kerak. Oldimizda Osiyo chempionlar ligasi turibdi. 

Fursatdan foydalanib barcha o'zbek xalqini kirib kelayotgan yangi 2021 yil bilan tabriklayman. Sog'lik-salomatlik, yangi yutuqlar tilayman. Yangi yil barchamizga omad keltirsin. O'zbekiston milliy terma jamoamizga, "Paxtakor" jamoasiga ham OCHLda omad tilaymiz. Qolaversa AGMK ham xalqaro maydonda ishtirok qiladi. Yangi yil barcha uchun, ayniqsa sport jamoatchiligi uchun muvaffaqiyatli kelsin", - deydi Mirjalol Qosimov.



Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика