So’nggi yangiliklar

08:20"Пахтакор-79" абадий қалбимизда!  0 07:52Париж-2024. Мартанинг сўнгги учрашувида Бразилия финалда АҚШга мағлуб бўлди  1 07:2511 август куни Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)   3 04:53Рўзиқул Бердиев: "Бугун олти очколик ўйин бўлди, аммо "Пахтакор"ни ҳисобдан чиқариб бўлмайди"  5 01:50Максим Шацких: "Декабрь ойида барчасини сарҳисоб қиламиз. Ўйинни назорат қилдик ва рақибга имконият бермадик"  23 01:40МЮ "Атлетико" собиқ футболчисига қизиқмоқда  0 01:24Мората "Милан"га ўтиши ҳақида гапирди  0 01:07"Наполи" ҳатто Осимхен қолса ҳам, Лукаку билан шартнома имзоламоқчи, аммо 30 млн евродан қимматига эмас  0 00:40"Барселона" "Челси" ўйинчисининг трансфери устида ишламоқда  1 00:20Англия Суперкубоги. "Манчестер Сити" - "Манчестер Юнайтед" 1:1, Брунонинг ажойиб голи ҳисобга олинмади  0 00:15Стерлинг "Ювентус"га ўтиши мумкин  0 00:04РПЛ. ЦСКА 90+1 дақиқада ўтказиб юборилган гол сабаб "Краснодар"га мағлуб бўлди  9 23:45Дибала Саудиянинг учинчи клубидан ҳам таклиф олди, аммо...  1 23:21"Барселона" футболчиси "Ювентус"га йўл оладими?  0 22:53"Ливерпуль" ўз ўйинчисини 20+7,5 млн фунтга сотади  2

Mirg'iyos Sulaymonovning goli “Metallurg”ga g'alaba keltirdi Yangiliklar

Mirg'iyos Sulaymonovning goli “Metallurg”ga g'alaba keltirdi

Mavsumga tayyorgarlik jarayoni Bekobodning “Metallurg” jamoasi “Buxoro” futbolchilari bilan ikkinchi marta ko'rik-nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

Yanvar oyidagi o'yinda buxoroliklar 2:0 hisobida g'alaba qozonishgandi. “Bunyodkor” akademiyasi maydonida kechgan ikkinchi uchrashuvda bekobodliklar revansh olishdi. Mirg'iyos Sulaymonov tomonidan kiritigan gol o'yinda yagonaligacha qoldi.

Birinchi taymda jamoalar juda ehtirosli o'yin namoyish etishdi. Maydonning har bir qarichi va har bitta to'p uchun kurash ayrim holatlarda his-hayajonlarning junbushga kelishiga sabab bo'ldi. Ammo jamoalar birinchi bo'limda o'z darvozalari dahlsiligini saqlab qolishdi. Ikkinchi bo'limda esa o'yin anchagina zerikarli tus oldi. Raqiblar asosan maydon markazini egallash payida bo'lishdi. Faqatgina uchrashuv yakuniga etib borayotgan bir paytda “Metallurg”ning kam sonli hujumlaridan biri gol bilan yakunlandi. SHeriklarining chap qanot bo'ylab boshlab bergan to'pini Mirg'iyos Sulaymonov chap oyoqdagi ajoyib zarbasi bilan “Buxoro” jamoasi darvozasi to'riga joylab qo'ydi – 1:0.
 
Jamoalar o'yinni quyidagi tarkibda o'tkazishdi:
“Buxoro” – “Metallurg” – 0:1. “Bunyodkor” akademiyasi maydoni. 6.02.2016 yil.
Hakamlar:Zokir Qodirov, Vladlen Lushin, Rashid Nugmanov.
Nazoratchi hakam:Bulat Galeev.
“Buxoro”: Obid Xudoyorov (Amonov), Ruslan Melzitdinov, Aleksandr Merzlyakov, Artyom Filipposyan, Sardor Rahmonov, Salamat Quttiboev, Alisher Sanaev, Aziz Ibragimov, Dilshod SHarofetdinov, Sanat SHixov, Bahodir Pardaev.
Zahiradan maydonga tushganlar: Maksimillian Fomin, Suhrob Nematov, Pavel Smolyachenko, SHavkat Salomov.
“Metallurg”: Suhrob Sultonov, Mirg'iyos Sulaymonov, Hikmat Hoshimov, Davron Karimqulov, Murod Toshmatov, Javohir Esonqulov (Vusol Magerramov), Doniyor Odilov, Dilmurod Karimov, Ergash Isroilov (Ulug'bek Xudoyberdiev), Farhod Namozov (Sunnatilla Ermatov), Zohid Abdullaev.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика