So’nggi yangiliklar

14:36Англиянинг 3 та клуби Гарначога қизиқмоқда  0 14:07"Барселона" Гави борасида бир қарорга келди  0 13:39Мюллер: "Бавария" ҳаво иссиқлигига қарамай, "Окленд Сити" билан ўйинда яйради"  0 13:12Руслан Жиянов: "Чемпионлик учун охиригача курашамиз"  9 12:55Акмал Мозговой: "Ҳар бир жамоа бизга қарши борини бериб ўйнайди"  7 12:40"Жаҳон чемпионатида Ўзбекистон ва Украина беллашувини кўришни истардим" – Максим Шацких билан катта интервью  11 12:27Эшитдик-да! "Нефтчи" Ўзбекистон МТЖнинг икки аъзосига қизиқмоқда  15 12:06"Манчестер Сити"га янги келган Шерки: "МЮни йўқ қилиш учун улар билан ўйинни кутяпман"  14 11:39Симеоне: "Энрике таркибни кучайтириши керак бўлганида, ПСЖ вингер учун 70 млн евро сарфлади"  4 11:11Гравина: "Гаттузо – Италия футболининг рамзи"  0 10:41“Арсенал“ 19 ёшли футболчи учун курашда “Челси“ни "енгди"  6 10:08ПСЖ украиналик футболчининг трансфери учун қанча сарфлаши маълум  1 09:35ЦСКА вингери Туркия клубига ўтиши мумкин  2 09:04“У футбол ва футбол учун яшайди.“ Карлес Пуйоль Роналду ҳақида  6 08:30Хакан Чалханоглу фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  0

Mirfaz Muhiddinov: “O'yin ahamiyati? Keraksizdek tuyulgan har qanday o'yinda ham intriga bor” Yangiliklar

Mirfaz Muhiddinov: “O'yin ahamiyati? Keraksizdek tuyulgan har qanday o'yinda ham intriga bor”

"Buxoro” - “SHo'rtan” uchrashuvi oldidan Yoshlar ligasi doirasidagi o'rinbosarlar bahsida (1:0) mezbonlar jamoasi safida faol ishtirok etib ikkinchi golga mualliflik qilgan Mirfayz Muhiddinovning mazkur o'yin hamda oliy liga doirasidagi o'yin haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.
“Buxoro” hamda “SHo'rtan” jamoalari o'rtasidagi o'rinbosarlar uchrashuvidan (1-0) so'ng mezbonlar futbolchisi, uchrashuvdagi yagona gol muallifi Mirfayz Muhiddinov ushbu o'yin hamda asosiy tarkib bahsi haqida fikrlarini bildirdi.

- Ochig'i ushbu o'yindan zavq oldim. To'p aksariyat vaqtda biz tomonda bo'ldi. SHunga munosib ravishda imkon boricha chiroyli o'yinimizni ko'rsatishga harakat qildik. Darvozaga ham ko'plab zarbalar berildi. Ammo shulardan faqat bittasigina to'rdan joy oldi.

Golim haqida nima deyishim mumkin? Albatta har qanday gol muallifiga yoqimli hissiyotlar baxsh etadi. Bu 12 yoki 13-golim. Umuman o'yin jihatidan bu mavsumdan ko'nglim to'ldi. Lekin haqiqiy bahoni murabbiylar berishadi. Agar shu ruhda ishlashda davom etsam keyingi mavsumda asosiy jamoada o'ynashga umid qilaman. Bu har qanday yosh futbolchining orzusi.

Ertangi o'yin ham ham qiziqarli o'tadi deb o'ylayman. To'g'ri bahs natijasi har ikki jamoaning ham turnir jadvalidagi o'rniga tasir ko'rsatmaydi. Ammo qidirsangiz har qanday o'yindan intriga topish mumkin. Masalan, sovrinli o'rinlar uchun kurashgan jamoamiz “SHo'rtan” bilan durang o'ynashgandi. Endi o'z muxlislarimiz qarshisida ulardan ustun ekanligimizni isbotlashimiz kerak. Qolaversa, “1000lik dovonni" zabt etishimizga uchtagina gol etmay turibdi. Mavsumni ajoyib statistika bilan yakunlashga nima etsin?! - deydi Mirfayz Muhiddinov.


"Buxoro" matbuot xizmati

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика