So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  0 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  3 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  2 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  7 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  16 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  14 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  2 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Miralem Sulaymoni - shafqatsiz vaqt qurboni Yangiliklar

Miralem Sulaymoni - shafqatsiz vaqt qurboni

ECHL saralash bosqichidan o'rin olgan SHaxtyor - Yang Boyz uchrashuvi oldidan shveycariyaliklar tarkibidagi etakchi futbolchilardan biri - Miralem Sulaymoni faoliyatiga nazar soldik.

Aytish joiz, Miralemning taqdiri u qadar havasga arzimasa-da, bu tarixda yosh futbolchilar uchun o'ziga xos maktab vazifasini bajarishga qodir jihatlar mavjud. Nega, deysizmi? Unda maqolaga diqqat qarating...

Vaqt - shafqatsiz, u hech kimni ayab o'tirmaydi, qabilidagi gaplarda chindan ham, jon bor. Zero har birimizning hayotimiz oniy lahzalardan so'ng butunlay o'zgarib ketishi mumkin. Biz esa hatto kiprik qoqishga ham ulgurmay qolaveramiz. Bu jarayon tabiiyki, futbolni ham chetlab o'tmaydi. Masalan, futbolchilar ichida kimdir uzoq yillar davomida yulduzlik maqomini o'zida tutib turadi. Yana kimdir esa futbol dunyosiga chaqmoqdek shiddat bilan kirib keladi-da, shuhratga qanchalik tez erishgan bo'lsa, xuddi shunday surat bilan quyiga sho'ng'iydi. Millionlar o'yinida bunga misollar juda ko'p. Deylik, masalan, Afonso Alvesh. Negaki, braziliyalik bu hujumchi Xerenven klubini tark etib, Angliyaning Midlsborosiga o'tganida, barcha uni yorqin kelajak kutayotganiga ishongandi. Mayli, Alvesh va uning taqdirini hozircha unutib turaylikda, uning ketishidan so'ng Xerevenda sodir bo'lgan voqealarga etibor qarataylik...

Xullas, Xerenven o'zining goleador hujumchisini rekord summada Midlsbroga sotib yuborganidan so'ng jamoa ishqibozlari bu yo'qotishdan unchalik xavotirga tushishmadi. Zero Alfonsoning o'rnini bosa oladigan nomzod jamoada bor edi. Qanchalik qiziq tuyulmasin, bu futbolchi - serbiyalik Miralem Sulaymoni edi. Yoshiga nisbatan ancha aqlli harakat qiladigan, o'ziga ishonchi o'n sakkiz yashar hujumchi Alvesning o'rnini xotirjamlik bilan egallab, ustozidan ham yaxshiroq o'yin ko'rsatdi va tezda jamoatchilikning, ayniqsa, yosh istedodlarni izlash bilan shug'ullanadigan skautlarning diqqatini o'ziga qaratdi.

Darhaqiqat, o'sha paytlari Sulaymoni kelajagi porloq yosh futbolchilar sirasiga kirardi va mavsum oxiriga borib, Gollandiyaning eng yaxshi yosh o'yinchisiga atalgan mukofotga sazovor bo'ldi. Bugun esa xuddi shu Miralem 27 yoshga to'ldi. Bir tomondan, uning hozirgi yoshi - futbolchi uchun qo'rqinchli emas. Biroq aksariyat futbolchilar aynan 26-27 yoshida shu paytgacha o'tgan faoliyatlariga nazar solib, yakuniy xulosani chiqarib olishadi. Biroq Miralem borasida bunday deb bo'lmaydi. CHunki u 18 yoshlik chog'larida bir gullagan bo'lsada, hali o'zi kutgan darajaga chiqqanicha yo'q.

Aslida, Miralem faoliyatidagi muammolar u Ayaksga ko'chib o'tganidan keyin boshlandi. SHubhasiz, bu transfer Xerenven bilan solishtirganda, yosh futbolchi uchun oldinga tashlangan katta qadam edi. Zero ko'plab yulduzlarning o'yini xuddi shunday tarzda - nomdorroq klub safiga o'tganidan so'ng yanada kuchayib ketgan. Biroq ming afsuski, Miralem bilan bunday bo'lmadi. Negaki u Ayaksga o'tgan paytlarda tizza osti mushaklaridagi eski jarohati yana xuruj qila boshladi, boz ustiga, qiziqqon serb yigiti Martin Yolning taktik va falsafiy chizmalarini ustozi istagandek darajada tushuna olmadi.

Gap shundaki, Miralem Xerenven asosiy tarkibida atigi bir mavsum to'p surgan bo'lsada, muxlislarning, bosh murabbiyning ishonchini o'zida to'la his qilgan, maydonda etakchi ekaniga shubha qilmagan. Poytaxt grandi safiga qo'shilganida esa yangicha qarashlarga, asosiy tarkib uchun kechadigan g'oyat kuchli raqobatga tayyor emasligi malum bo'lib qoldi. Bu haqda Sulaymonining o'zi ham intervyularida bir necha bor takidlagan. Tabiiyki, o'shanda Miralemning iqtidoriga hech kim shubha bilan qaramagandi. Biroq u bilan bir vaqtda jamoaga qabul qilingan Luis Suares yulduzi o'yindan-o'yinga porlayverdi. Serb yigiti esa vaqt o'tgani sayin uning soyasida qolib borardi. SHu bois, Miralem o'z xohishi bilan Amsterdamni imkon qadar tezroq tark etish harakatiga tushib qoldi.

Ayaksga nima uchun kerakligimni hecham tushuna olmayapman. Xuddi murabbiyning menda qasdi boru, u atayin faoliyatimni rasvo qilmoqchi bo'layotgandek tuyuladi, bazida. Men esa Vest Xemga o'tib, hammasini boshidan boshlashni istayman. Lekin mening oldingi darajamga chiqib olishimni istashmayapti, - degandi u.

Bizningcha esa, Miralem va Frank de Burlar o'rtasidagi sovuqlik futbolchini avval zaxira o'rindig'iga, keyinroq esa umuman, o'rinbosarlar tarkibiga yo'l olishiga sabab bo'ldi. Darvoqe, uning omadsizligi ko'p tarafdan, tizzasidagi jarohatga bog'liqligi ham rost. Aftidan, Ayaks ustozi dastlab Miralemdan qanday foydalanish mumkinligi ustida rosa bosh qotirdiyu, ammo o'ylaganlari amalga oshmagach, shunchaki, zimmasidagi masuliyat yukidan xalos bo'ldi-qo'ydi. Negaki, Sulaymonini xarid qilish taklifi undan emas, Marko van Bastendan chiqqan. Demak, masuliyat ko'proq Markoning elkasiga tushadi. Ikkinchidan, de Bur Miralemga qo'lidan kelganicha imkoniyat yaratib berdi. Futbolchi esa undan unumli foydalana bilmadi. SHunday ekan, de Bur o'z vijdoni qarshisida top-toza.

SHunday ekan, yigitcha endi yangi marralarni ko'zlashi lozim edi. Xuddi shunday bo'ldi ham - Portugaliyaning Benfikasi futbolchini tekinga o'z tarkibiga qo'shib oldi. Turgan gapki, portugallar ham serb hujumchisidan ko'p narsalarni kutishgandi. Biroq Miralemning ishlari bu erda ham ko'ngildagidek bormadi: u jamoa ustozi Jorje Jezushning ishonchini qozona olmadi.

Xullas, Portugaliyada o'tgan ikki yillik hayot Sulaymoni uchun aytarli hech nima tuhfa qilmadi va u yana umidsizlikka berildi. Bu orada Napoli, Valensiya, Vest Xem kabi klublar unga qiziqishayotgani haqida xabarlar tarqaldiyu, biroq hech bir klub Benfika manziliga rasmiy taklif yubormadi. SHundan so'ng serb yigiti chor-nochor SHveycariyaga, Yang Boyz klubiga yo'l oldi. To'g'rida, axir asalarilar SHveycariya superligasida mudom chempionlik uchun kurashishadi, shuningdek, evrokuboklarda ham shov-shuv ko'tarishni xush ko'rishadi. Albatta, bu imkoniyatdan foydalanib ko'rish kerak edi. SHu tariqa, Miralem SHveycariyaga kelib qoldi. Eng muhimi, u bu erda uzoq vaqtlardan beri kutgan narsani - o'ziga nisbatan ishonch hissini tuydi. Hozirga kelib, Bernda unga ishonishadi va muntazam ravishda maydonga tushirishadi.

Men butun jamoa qo'llab-quvvatlayotganini his qilsamgina. O'zim istagandek harakat qila olaman, - degandi Miralem 2015 yil sentyabrida, ashaddiy raqib - Bazel darvozasiga ikkita gol urib, 4:3 hisobidagi g'alabali ajoyib o'yindan keyin. Bu so'zlar esa uning tashrif qog'ozidir. Negaki, Sulaymoni kuchli ishonchga doim munosib javob qaytarishga urinadigan futbolchilar sirasidan. Asosiysi, Sulaymoni SHveycariya klubida oxirgi besh-olti yildan buyon ilk bor mavsum oxirigacha barqaror o'yin ko'rsata oldi. Zero 31 o'yindagi 8 gol - umidsizlik girdobiga tushib qolgan futbolchi uchun yomon natija emas. Men o'z ustimda yanada ishlab, peshonamdan ter sharillab oqqunicha mehnat qilishim kerak, - dedi mavsum yakunida natijalaridan xursand Miralem.

U hali jahon darajasidagi yulduzga aylanmaganini, ammo bunga hali imkoni borligini juda yaxshi tushunib turibdiki. Ehtimol, bu - amalga oshmay qolib ketishi ham mumkin bo'lgan orzudir. Biroq Miralemda texnika, tezlik, aql va mahorat bor ekan, nega chinakam yulduz bo'lishga urinib ko'rmasligi kerak?!.

Ha, chindan ham vaqt - shafqatsiz. Lekin Rimda yashab o'tgan qadimgi faylasuf Seneka aytgandiki, u faqat bizga, o'zimizgagina tegishli buyum. Demak, Miralemni ham hozircha hisobdan chiqarmay turganimiz maqul. Zero yaqin kelajakda uning o'rni qaerda bo'lishi faqat uning o'zigagina bog'liq.

- Premer-ligaga ko'chib o'tganidan so'ng Afonso Alveshdan muxlislarning ham, Midlsboro murabbiylarining ham ko'ngli qoldi. To'g'rida, axir millionlab pulga xarid qilingan, ammo bir chaqalik nafi tegmagan futbolchi kimga ham yoqardi?! SHu bois, braziliyalik hujumchi Angliyada uzoq vaqt qolmay, hech bo'lmasa, kelajagi uchun pul ishlab olish maqsadida Qatar chempionatiga o'tib ketdi. 2013 yilda esa astagina, iji-jimida butsalarini mixga ilib qo'ydi.

Biroq aftidan, ustozning tutgan yo'li Sulaymonini aslo qoniqtirmaydi. Aks holda u ham bemalol Xitoy yoki ko'proq pul to'lanadigan qaysidir mamlakat klubidan o'ziga ish topishi mumkin edi. Mirelim esa bunday qilmadi - u xiralashib qolgan shani va obro'sini qayta tiklash imkonini yaratib beradigan muhitni tanlab, Yang Boyz tarkibiga qo'shildi. Boshqacha aytsak, u kurashishni istadi. Ko'ramiz, bu qanday samara keltirar ekan?!

J.ABDUVALIXO'JAEV tayyorladi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика