So’nggi yangiliklar

12:27ПСЖ "Ювентус" юлдузини нишонга олди  0 11:47"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда  0 11:20Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  37 10:29"Динамо" Беларусда учта ўртоқлик ўйини ўтказади  2 10:05"Эсхата" устози Шуҳрат Умаров: "Шацкихга омад, ОЧЛда "Андижон"га мухлислик қиламиз"  0 09:43"Хоразм" назорат учрашувида "Бунёдкор" ўринбосарлари билан дуранг ўйнади  1 09:22Иззатилло Пўлатов: "Халқимиз қўллаб-қувватлаб турса, барчасига бирга эришамиз"  1 08:46Одил Ҳамробеков "Трактор"да норасмий дебютини ўтказди  0 08:21"Манчестер Юнайтед" беш футболчига базага киришни тақиқлади — клуб улардан воз кечмоқчи  9 08:00"Финалиссима-2026": Испания ва Аргентина ўртасидаги супероқшом март ойида бўлиб ўтади  2 07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  2 01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  7 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  3 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  7 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  4

Mirabror Usmonov: "Yangi yil muborak" Yangiliklar

Mirabror Usmonov: "Yangi yil muborak"

O'FF Prezidenti Mirabror Usmonov o'zbek xalqini, futbol jamoatchiligi, ishqibozlar va OAVni kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklaydi.
Bu haqda O'FF rasmiy tvitteri xabar berdi.

Mirabror Usmonov:
"2013 yil ham tarixda qolayapti. Yangi yil bilan birga yangi rejalar, yangi maqsadlar va yangi dovonlar kirib kelayapti. 2013 yilda yaxshi kunlar ham bo'ldi, yomon davrlar ham bo'ldi. Bu kunlar, avvalo, O'zbekiston futboli uchun va uning boshqaruvchisi sifatida - men uchun katta sinov davri bo'ldi. Ana shunday vaqtlarni men bilan yashagan futbol ishqibozlari, jurnalistlar va umuman barcha-barchaga minnatdorchilik bildiraman. 2013 yilda O'FFning Hisobot-saylov konferenciyasi meni yangi muddatga prezident etib sayladi. Men omadli va baxti insonmanki, mana shunday ahil va kuchli jamoa bilan yana 4 yil davomida birga ishlayman. Ammo, bilamanki, yangi davrda biz maqsadlarni, rejalarni yanada kattaroq qo'yamiz. Katta rejalar tuzib, ko'p ishlaymiz! CHunki, xalq bizdan milliy terma jamoaning Jahon chempionatiga chiqishini kutayapti va biz buni juda yaxshi his qilamiz! 2014 yil bizning Jahon chempionati sari navbatdagi yurishimizda muhim yillardan biri bo'ladi deb umid qilaman. Umid qilamanki, 2014 yil nafaqat milliy, balki yoshlar, o'smirlar, ayollar, futzal, nogironlar terma jamoalari uchun samarali bo'ladi, ishonamanki, 2014 yil, shuningdek, futbol klublarimiz, milliy chempionatimiz, referilarimiz uchun ham esda qolarli yil bo'ladi. "Sog'lom bola" yilida barcha ota-onalarga sog'lom, irodali, kuch-g'ayratli farzand, O'zbekistonga sog'lom avlod kamolotini tilayman.

Aziz do'stlar! Kirib kelayotgan yangi 2014 yil oilangizga tinchlik, ro'zg'oringizga baraka olib kirsin. Sog'-salomat bo'ling!
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика