So’nggi yangiliklar

22:12Ўзбекистон Кубоги ярим финалига қуръа ташланди  12 21:54Элдор Мойлиев: "Бугун энг ёмон ўйинларимиздан бирини кўрсатдик"  0 21:35Вадим Абрамов: "Динамо"нинг барча футболчилари терма жамоада ўйнашга лойиқ"  8 21:28Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" "Бунёдкор"ни енгиб, ярим финал йўлланмасини нақд қилди, Табатадзедан дубль!  65 21:11Голларга бой ўйинда ўзбекистонлик афсоналар жаҳон футболи юлдузларидан устун келди  8 20:52Отабек Шукуров: "Бундан буён ЖЧга чиққан жамоамиз, шунга яраша ўйнашимиз керак"  6 20:35Ўзбекистон Кубоги. "Динамо" "Шўртан" дарвозасига жавобсиз 3 та тўп йўллади ва ярим финалга йўл олди  9 20:15Мбаппе, Дембеле, Тюрам, Меньян, Шерки ва Олисе - Франциянинг Украина ва Исландия билан ўйин учун таркибида, Экитике эса йўқ  1 18:57ОКМК футбол академияси учун янги замонавий бино фойдаланишга топширилди  0 18:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг августдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади   14 17:04Франк Рибери бу йил "Олтин тўп"га ким муносиб эканлигини айтди  10 16:31Роберто Карлосга Одил Аҳмедов ва "Реал" ҳақида савол берилди  3 16:16Фабио Каннаваро: "Айни пайтда ҳимоячининг ваколат доираси кенгайган"  0 15:52Эрон CAFA мусобақасида иштирок этадиган футболчилар рўйхатини эълон қилди  13 15:03Моуринью "Фенербахче" раҳбариятини танқид қилди  5

Mirabror Usmonov: Mamlakatimizda futbol jadallik bilan rivojlanmoqda Yangiliklar

Mirabror Usmonov: Mamlakatimizda futbol jadallik bilan rivojlanmoqda

O'zbekiston futbol federaciyasi Mirabror Usmonov Namangan shahriga qilgan safari davomida Navbahor futbol klubi rahbariyati, murabbiylar, futbolchilar hamda jamoa muxlislari bilan uchrashdi.
O'FF prezidenti dastlab o'zbek futbolining bugungi kuni haqida so'z yuritdi va mamlakatda futbol jadallik bilan rivojlanayotgani haqida so'z yuritdi: Bugungi kunda futbolimiz rivojlanib bormoqda. Futbolimizga xukumat darajasida etibor qaratilishi samarasi o'laroq, shu kunga qadar 12 ta barcha sharoitlarga va zamonaviy talablarga javob beradigan futbol maktablari ochildi. Ayni paytda 14 ta yosh toifasidagi terma jamoalarimiz faoliyat yuritishmoqda. Bularning barchasi o'z-o'zidan bo'lib qolmaydi. Futbolimizga xukumat darajasida etibor qaratilishiga ko'plab mamlakatlarda havas qilishadi. FIFA mutasaddilari ham yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlarga qoyil qolishmoqda. Negaki, futbolimizni rivojlanishi va uning poydevori uchun o'tgan vaqt davomida juda katta mablag' sarflandi, - deydi Mirabror Usmonov.

O'FF prezidenti Oliy Liganing muntazam ishtirokchisi, Navbahor jamoasining bugungi kundagi moliyaviy ahvoli va homiylik xususida, shuningdek, Oliy Liga o'yinlaridagi hakamlik to'g'risida ham o'z fikrlarini bildirdi.

Bugungi kunda hakamlik borasida bir qator yutuqlarni ham qo'lga kiritmoqdamiz. Buning samarasi o'laroq yurtimizda FIFA hakamlarining soni ortib bormoqda. Hozirda ularning soni 10 nafarga etgan. Bular orasida Ravshan Ermatovni alohida tilga olish mumkin. Ermatovni jahon chempionatining ochilish uchrashuvini boshqarishga erishganligini o'ziyoq mehnatlarimiz samarasidan darak berib turibdi. Axir, so'nggi paytlarda qaysi MDH davlatlarining hakamlari bu kabi natijani qayd etishdi? Hakamlarning bahosi xususida juda yaxshi taklif bildirildi. Bu haqda gapiradigan bo'lsam, hakamlar bahosini hech kim bilmasligi rost. Keyingi o'yinlardan boshlab Oliy Liga hakamlar xujjatidan ko'chirmaga ularni nazoratchi tomonidan qanday bahoga loyiq ko'rilganliklarini ham elon qilamiz, - dedi O'FF prezidenti.

Navbahor klubi rahbariyati, murabbiylar va futbolchilar bilan bo'lib o'tgan uchrashuv yakuniga etgach, bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatov hamda mahoratli himoyachi Yuriy Rijkolar Navbahor jamoasi azolari nomidan O'FF prezidentiga futbolchilar imzosi tushirilgan to'p hamda Usmonov familyasi yozilgan Navbahor futbolkasini sovg'a qilishdi. SHu bilan birgalikda, jamoa ishqibozlari ham o'z nomlaridan Mirabror Usmonovga maxsus sovg'alarini va tashakkurnomani taqdim etishdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика