So’nggi yangiliklar

01:16Моуринью бошчилигидаги "Фенербаҳче" ЕЧЛ саралашидан чиқиб кетди  4 01:05"Манчестер Юнайтед" расман Нуссаир Мазрауи трансферини эълон қилди  1 00:44Расман: Маттейс де Лигт – "Манчестер Юнайтед" футболчиси!  5 00:25Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Анголага йирик ҳисобда ютқазди  7 23:58Анчелотти Винисиусга берилган миллиард евролик таклиф ҳақида гапирди  2 23:30Элит лига гуруҳ босқичининг сўнгги иштирокчиси ҳам аниқланди!  6 23:06Футзал. ЖЧ-2012. Илк ўзбек ҳаками, кетма-кет иккинчи марта финалга чиққан Ўзбекистон мураббийи, фалаж ҳолатда қаҳрамонга айланган Фалькао ва либосидаги юлдузлардан маҳрум этилган Бразилия ҳақида ҳикоя қиламиз  0 22:14Қизлар ўртасидаги ЎФА U-17 чемпионатида 29:0 ҳисоби қайд этилди  7 21:51Яна 9 йил? "Челси" асосий футболчиси билан 2033 йилга қадар келишув имзолайди  0 21:26"Ювентус" асосий дарвозабони билан шартномани бекор қиладими?  0 20:55"Навбаҳор", "Локомотив" ва "Металлург"нинг ғалабасиз серияси қачон тугайди? — Суперлиганинг 15-тури ҳақида  4 20:44Расман: "Барса" Араухони АПЛ клубига сотди  5 20:21"Челси" португалиялик "омадсиз" учун 65 млн евро таклиф қилди  2 19:46Расман: "Боруссия Дортмунд" Максимилиан Байер билан шартнома имзолади  1 19:24Луис Диас "Манчестер Сити" билан беш йиллик шартнома борасида келишиб қўйди  2

Mino Rayola: “Napolida faqat filmlar suratga olishni bilishadi” Yangiliklar

Mino Rayola: “Napolida faqat filmlar suratga olishni bilishadi”

Teglar :  Mino Rayola
Taniqli futbol agenti Mino Rayola mijozlari sanalgan Zlatan Ibragimovich, Pol Pogba, Kostan Manolas va Mario Balotelli singari futbolchilarning kelajagi va o'z rejalari xususida bergan intervyusida to'xtalib o'tdi.

- Ibradan kelajakda nima kutish mumkin?
- Uning jismoniy holati va o'yinga munosabati bilan yana kamida 5 yil o'ynashi kerak.

- To'liq besh yilmi?
- Vaqt o'tishi bilan uning kuchi ko'payib bormoqda. Bo'sh paytida Zlatan ovga chiqadi. U nimalar qilishini hisobga olsak, bunchalik ishga inson ulgurmaydi deb o'ylash ham mumkin.

- U keyingi mavsum qaerda o'ynashini bilasizmi? Xitoydan 70 millionlik taklif kelib tushgani rostmi?
- Buning ustidan hali yana yaxshilab o'ylab ko'rish lozim. Xitoy borasida aniq raqamlarni aytmayman, ammo u hayratlanishga arziydi. Zlatanga jahonning turli burchaklaridan takliflar bor, lekin biror narsani hal qilishga hali erta. Men uch haftalik tatilga chiqaman va qaytganimda ko'p narsalar joyida bo'lishi darkor, faqat Zlatanninggina ishi emas.

- PSJ bilan muzokaralar qanday kechdi?
- Ular Ibrani olib qolish uchun qo'ldan kelgan ishni qilishmoqda. Parij uning uchun yomon bo'lmagan variant sifatida qolmoqda.


- Premer-liga to'g'risida nima deysiz?
- “Manchester Siti”dan boshqa barcha jamoa unga qiziqishi borligini bildirdi.

- Italiyaliklar-chi?
- Hamma taklif qildi, hatto “Napoli” ham. Garchi, u erda faqat film suratga olishni bilishsa ham.

- Yana kim?
- Prezident Erik Tohirning rejalari noaniq bo'lishiga qaramay, “Inter” ham. “Milan”ga esa boshqa jamoalar bilan raqobat qilishi uchun yana 3-4 nafar futbolchi bilan shartnoma imzolashi zarur bo'ladi.

- Mario Balotellini nima kutmoqda?
- Birinchi marta uning o'zini tutishi haqida yomon fikr bildira olmayman. Hozircha Marioda jarohatdan keyin o'zini ko'rsatishga imkon bo'lgani yo'q. Ayni paytda uning maydonda yana kulib harakat qilishi muhim. U muammolarini hal qilishi shart.

- Janluiji Donnarumma kelajagi haqida nima deysiz?
- Umid qilamanki, Antonio Konte uni Evropa chempionatiga olib ketadi. Uning Franciyada o'ynashiga umid qilmayman, ammo navbatdagi jahon chempionatidan avval uning bunday muhitni his qilishi katta ahamiyatga ega.

- Uning transferi bilan bog'liq ko'plab xabarlar tarqalmoqda. U “Milan” yoki boshqa jamoa bilan shartnoma imzolashni mo'ljallayaptimi?
- “Milan”ning ishlari joyida. Unga berilayotgan etiborni Janluiji qadrlaydi. Kristian Abbyati unga xuddi katta akasidek munosabatda. Hech kimga sir emaski, Donnarumma ko'pchilikda katta qiziqish uyg'otyapti. SHartnoma bo'yicha hech qanday muammo yo'q. Adriano Galliani bilan uchrashib, hammasini hal qilaman. Agar Janluiji ketishga qaror qilsa, bu Evropaning boshqa birinchiligi bo'ladi. Italiyada uning uchun faqat “Milan” mavjud.


- Pol Pogbaning rejalari qanday?
- Oxirgi yillarda u meni yoqimli ajablantirmoqda. U haqiqiy yulduzga aylandi. Uning asosiy yutug'i – xotirjamlik. Bu unga mavsum boshidan buyon tanqidlarga dosh berishga yordam berdi. U Franciya terma jamoasida asosiy rolni o'ynaydi. “Yuventus”da ham bejizga 10-raqamli libosda maydonga tushmayapti.

- “Yuventus”ning transfer rejasi Pogbaga bog'liq bo'ladi.
- O'tgan yil bilan taqqoslasak, hech narsa o'zgarmadi. Uning klub bilan munosabati joyida, “Yuve” uni 100 million evrodan kamiga sotmaydi va bunga umuman qarshi emasman. Lekin Pol Turinda juda baxtli. Biz yangi shartnoma imzolashga ham tayyormiz.

- Romelu Lukaku haqida ko'p gapirishyapti.
- “Yuventus”ga o'tish uning uchun ajoyib bo'lardi, ammo Lukakuga PSJ va “Real” ham qiziqish bildirmoqda. Parijda ko'p narsa o'zgardi. Ular neft narxining tushishi tufayli bir futbolchiga 90 million evro sarflashga tayyor emas. SHu sababli Iguanni sotib olishdan ko'ra, Ibragimovichni ushlab qolishga intilishyapti.

- Turinga Edinson Kavani va Genrix Mxitaryan ham ko'chib o'tishi mumkinmi?
- PSJ Kavanini olib qolishi mumkin. Ular Kingsli Koman to'g'risida unutishmadi va shuning uchun Edinsonning Turinga o'tishi so'roq ostida.
Mxitaryanning Massimiliano Allegriga yoqishini bilaman. O'z navbatida Genrixga ham “Yuve” yoqadi, klub buni Tomas Tuxel bilan hal qilishi lozim. Mxitaryan bilan shartnoma 2017 yilda tugaydi, ammo “Borussiya” murabbiyi uni sotish niyatida emas. Ilkay Gyundogan bilan ham holat shunday, hozircha hech narsa aniq emas. Genrixning Turinda muvaffaqiyatga erishishiga shubha qilmayman. Uning ishlari faoliyatini tugatgach ham joyida bo'lishiga umid qilaman.


- “Yuve” yana Ektor Morenoga ham qiziqish bildirmoqda?
- Bu ajoyib transferga aylanardi. Ektor oxirgi oylarda ancha o'sishga erishdi. PSV kambag'al jamoa emas va uning transferi kamida 15 million evroga tushishi mumkin.

- Kostas Manolasning rejalari qanday?
- Uni barcha top-klublar bilan bog'lashmoqda. Uning premer-ligaga o'tishini bilmayman, ammo Kostas uslubi bilan boshqa chempionatlarda o'zini ko'rsata oladi. “Roma” esa uni saqlab qolishga bor imkoni bilan intiladi.
 

Behzod Nazarov

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика