Milner: "Salohning ketishi uchun sabab ko'rmayapman"
27 iyu 2018 13:56
Yangiliklar
Milner: "Salohning ketishi uchun sabab ko'rmayapman"
"Liverpul" yarim himoyachisi Jeyms Milner hujumchi Muhammad Saloh jamoada qolishiga ishonmoqda.
"Saloh - ajoyib futbolchi. "Liverpul" u orqali anchagina kuchaydi. Muhammad o'z darajasini yana va yana qandayligini ko'rsatishga tayyor, biroq uning bir o'zi jamoani ortidan etaklab yurishga majbur emas. Albatta, Salohning ortidan ko'plab mish-mishlar kezib yuribdi. Har doim yuqori saviyali futbolchilarda shunday bo'ladi. Ammo uning jamoadan ketishiga sabab ko'rmayapman", - dedi Milner.
Oldinroq futbolchining xizmatlariga "Real" tomonidan qiziqishlar bo'layotgani borasida malumotlar tarqagandi.
Fikrlar