Milosh Trifunovich: Braziliya maydonlarida O'zbekistonni ko'rsam xursand bo'laman
14 avg 2013 16:15
Yangiliklar
Milosh Trifunovich: Braziliya maydonlarida O'zbekistonni ko'rsam xursand bo'laman
2011 yilgi futbol mavsumini Bunyodkorda o'tkazgan Milosh Trifunovich ayni payt Xitoyning Lyaoning Xuvin klubi sharafini himoya qilyapti.
Serbiyalik hujumchi qisqa vaqt ichida oliy ligamiz to'purari bo'lish barobarida mahalliy ishqibozlarning yoqimtoyiga ham aylanib ulgurgandi.
Milosh professional faoliyatini Serbiyaning dunyoga mashhur Crvena Zvezda klubida boshlab, keyinchalik Bejaniya, Zemun, Belgrad, Borac, Yavor, CHernogoriyaning Edinstvo, SHveciyaning Xalmstad jamoalari sharafini himoya qildi. O'tgan yil yanvar oyida esa Xitoy klubi Trifunovich transferini o'zi uchun rekord summa - 1,5 mln. evroga sotib oldi. Biz o'zbek futboli tarixida qolgan (bosh to'purar bo'lgani nazarda tutilyapti, - mual.) iqtidorli hujumchi bilan bog'lanib, eksklzyuziv intervyu oldik.
- Milosh, qarshi bo'lmasangiz, suhbatimizni futbolga kirib kelgan davringiz, bu sport turini tanlashingizga sabab bo'lganlar, murabbiylaringiz haqida boshlasak.
- Har doim bolalik yillarimni shirin xotiralar bilan yodga olaman. Millionlar o'yinini hamma qatori o'z davrining mashhur futbolchilariga havas qilgan holda tanlaganman. Ko'p yillar davomida Madridning Real klubi tarkibida to'p surgan Predrag Miyatovichning o'yinlariga havas qilardim. Deyan Savichevichni esa kumirim sifatida bilaman. Ortga nazar tashlasak, sobiq Yugoslaviyadan ko'plab zabardast futbolchilar etishib chiqishgan. Nomlarni uzoq vaqt sanash mumkin. Ularga har tomonlama munosib bo'lishga harakat qilaman. Ilk murabbiyim - Tomislav Milichich. Belgradning Crvena Zvezda yoshlar jamoasida shu mutaxassisdan saboq oldim. Mahalliy Bejaniya, Zemun kabi jamoalarning yoshlari safida o'ynadim. Keyinchalik Edinstvo, Borac, Yavor, Ribnica, Belgrad hamda SHveciyaning Xalmstad klublarida o'z kuchimni sinab ko'rdim. 2009 yilning 30 dekabr kuni Crvena Zvezda bilan shartnoma imzoladim. Serbiyaning faxri hisoblangan jamoada 11-raqam ostida o'ynadim. Bunyodkorga ham aynan Crvenadan o'tdim. Tan olish kerak, Belgrad klubi Evropada bundan 15-20 yillar muqaddam bo'lgani kabi katta mavqega ega emas. Bugunga kelib jamoaning xalqaro obro'si biroz tushgan. O'sha paytda mamlakatda notinch vaziyat, urush hukm surdi, buning natijasida bir nechta mustaqil davlatlar yuzaga keldi va oxir-oqibat mintaqada futbol saviyasi pasaydi. Lekin Crvena Evropaning ko'zga ko'ringan klublariga yosh istedodlarni etkazib berishdek shonli ananasini saqlab qoldi. Ko'hna qita klublari selekcionerlari 15-16 yoshli istedodlarni ilib ketishyapti. O'ylaymanki, yaqin yillarda Crvena Zvezda avvalgi mavqeini tiklab oladi.
- Bunyodkorga o'tishingiz tarixi qanday bo'lgandi?
- Futbol agentlari orqali jamoa ko'rigiga taklif qilishdi. Kuchimni yangi muhitda sinab ko'rishga moyil edim. Ruminiyaning Styaua klubiga qarshi kechgan o'yinda maydonga tushdim. Harakatlarim murabbiylar shtabiga maqul keldi, shekilli, keyingi nazorat o'yinlarida ham ishonch bildirishdi. Klub bilan shartnoma imzolashdan oldin Paxtakor tarkibida to'p tepayotgan Boyan Miladinovich bilan maslahatlashdim. Bun-yodkorni tanlab adashmagan ekanman.
- Toshkentga kelishingizdan avval o'zbek futboli haqida biror malumotga egamidingiz?
- Albatta. O'zbekiston futboli haqida ko'p eshitgandim. Rossiya va Ukraina chempionatida o'ynaydigan legioner futbolchilaringizni bilardim. O'zbekiston chempionatida o'ynashim aniq bo'lganidan so'ng bu yurt futboli haqidagi bilimlarimni internet xabarlari asosida boyitib bordim. O'sha paytda aksariyat o'zbek klublarida bolqonlik futbolchilar o'ynashardi.
- Golni hali ham o'ziga xos tarzda, yani hech qanday dabdabasiz nishonlayapsizmi?
- Men avvalgi jamoalarimda ham shunday yo'l tutardim. Zero, gol urish orqali o'z vazifam va majburiyatimni bajaraman, xolos. SHuning uchun salto oshmayman, samolyot kabi uchmayman, karate ko'rinishlarini namoyish etmayman yoki chimga o'zimni uloqtirmayman.
- Faoliyatingizni Bunyodkorda davom ettirishingizga nima to'sqinlik qilgandi?
- Toshkentda ijara shartnomasi asosida o'ynadim. Menimcha, klub rahbariyati kelishuvni uzaytirish masalasida Crvena bilan bir to'xtamga kelolmadi. Belgrad klubi men uchun katta mablag' talab qilgan bo'lsa kerak, nazarimda. SHu orada Lyaoningdan moliyaviy tomondan yaxshigina taklif tushdi va Crvena Zvezda rahbariyati transferimni to'laligicha sotdi.
- O'zbekiston milliy terma himoyachisi SHavkat Mullajonov aynan sizning jamoadoshingiz hisoblanadi. Qolaversa, Xitoy chempionatida Anzur Ismoilov va Egor Krimec ham to'p surishyapti. Ular bilan muloqot qilib turasizmi?
- Bo'lmasamchi? Aytganingizdek, SHavkat bilan bir jamoa sharafini himoya qilyapmiz. U maydonda bo'lgan payt himoya haqida ko'pam qayg'urmaymiz. CHanchun Yatai klubida Anzur o'ynayapti. Ismoilov bilan Bunyodkorda birga to'p tepgandik. Qolaversa, Pekin Guoan tarkibida harakat qilayotgan Krimec bilan ham gaplashib turamiz. Endi bu holat asosan o'zaro to'qnash kelgan o'yinlarimizda ro'y beradi.
- So'nggi yillarda Xitoy klublari ham arab jamoalari singari asosan legionerlar orqali chempionatni kuchaytirishga harakat qilishyapti. Nima deb o'ylaysiz, bu usul saviyaning oshishiga qanchalik xizmat qilyapti?
- Xitoy super-ligasi Osiyodagi eng kuchli 5ta chempionat sirasiga kiradi. Faoliyatim davomida Serbiya, CHernogoriya, SHveciya, O'zbekiston chempionatlarida o'ynashimga to'g'ri keldi. Hozir ularni bir-biri bilan taqqoslamoqchi emasman. Har bir chempionatning o'ziga yarasha kuchli va shu bilan birga zaif tomonlari bor.
- O'zbekistonning boshqa klublaridan takliflar tushmaganmidi?
- Yo'q. CHunki Crvena men uchun katta mablag' so'ragandi.
- Umuman, yurtimizdan qanday taassurotlar bilan ketdingiz?
- Taassurotlar bir olam. Toshkent men bo'lgan shaharlar orasida eng go'zali. Bu so'zlarni hech mubolag'asiz aytishim mumkin. Bunyodkor tarkibida OCHLda o'tkazgan o'yinlarim bir umr xotiramga muhrlandi. Toshkentda qisqa muddat yashagan bo'lsamda, u ikkinchi vatanimga aylanib ulgurgandi. Qolaversa, qitaning klublar miqyosidagi eng yaxshi turnirida ishtirok etish hammaga ham nasib etavermaydi.
- O'zbekistonda sizga nima ko'proq maqul keldiyu, aksincha, nima yoqmadi?
- Birgina musiqa bobida kichik etirozim bor. Endi har bir millatning o'z musiqasi, madaniyati bo'ladi. Qolgan barchasi super edi. Ayniqsa, Bunyodkor muxlislarining qo'llab-quvvatlashlarini hech qachon unutmayman. CHunki har qanday holatda ham o'yin davomida futbolchining ismini aytib, ko'nglini ko'tarib turishardi.
- Demak, imkoniyat tug'ilsa, Bun-yodkorga qaytishga qarshi emassiz...
- Hayotda hamma narsa bo'lishi mumkin.
- Toshkentda qaysi futbolchilar bilan yaqin do'stlashgandingiz?
- Hamyurtlarim Sasha va Slavolyub Jorjevich, shuningdek, Akbar To'raev, Akmal SHorahmedov bilan qalin do'st edik.
- Bunyodkor ishtirokidagi o'yinlarni kuzatib boryapsizmi?
- Ochig'ini aytsam, Pekin klubiga qarshi kechgan OCHL doirasidagi har ikki o'yinini ko'rdim, xolos. Milliy chempionat uchrashuvlarida qayd etayotgan natijalaridan esa klub rasmiy sayti orqali xabar topyapman.
- Lyaoning rahbariyati joriy mavsumda jamoa oldiga qanday vazifa qo'ygan?
- Xitoy klublarining deyarli barchasi juda yaxshi infratuzilma, stadion, yuqori sifatli maydonga ega. Lyaoning ham shular jumlasidan. To'g'ri, o'tgan yilgi mavsumni ko'ngildagidek o'tkazolmadik. Lekin klub rahbariyati tegishli xulosalarni chiqarib oldi. Bu yil OCHLga yo'llanma beruvchi o'rinlar uchun kurashyapmiz. O'ylaymanki, bu vazifani bajarishga qodirmiz. Bizda ahil jamoa bor. Ko'z tegmasin, murabbiylar bilan ham munosabatlarim alo darajada.
- Legioner futbolchilar uchun hamisha o'zga mamlakat chempionatida o'ynash qiyinchilik tug'dirgan. Qaysi mamlakat ichki birinchiligida o'zingizni yaxshi his qilmagansiz yoki mashaqqatga duch kelgansiz?
- Har bir narsaning boshlanishi qiyin kechadi. Sekin-astalik bilan muhitga moslashiladi. Masalan, Bunyodkorda ham o'ynab ketishim oson kechmagan. Yani boshida darvozani ishg'ol qilolmaganman. 4-5ta tur uchrashuvidan so'ng o'yinim ochilib ketgan.
- Futbolchining oilasiga yanada qiyin: vatandan uzoq bo'lish barobarida turli mamlakatlarning urf-odatlari, yashash tarziga ham moslashishi kerak...
- Futbolchining qismati shu. Qaysi davlat chempionatida o'ynamay, rafiqam, farzandlarim men bilan birga bo'ladilar. Bu narsa juda muhim. Oila azolaring yoningda turishsa, ko'ngling xotirjam, axir...
- Ilk professional shartnomangiz yodingizda bo'lsa kerak...
- Albatta. 2002 yili Serbiya 2-ligasi vakili Ribnica bilan shartnoma tuzgandim. Ilk maoshni ham shu klubdan olganman.
- Agar futbolchi bo'lmaganingizda, qaysi sohani tanlardingiz?
- Bu haqda o'ylamagan ekanman. Balki advokatlik kasbini o'zlashtirarmidim?
- O'z ampluangizdagi qaysi futbolchilarning o'yinlaridan zavqlanasiz?
- Teri Anri va bir necha yil oldin faoliyatini yakunlagan Deyan Savichevichning o'yinlariga havas qilganman.
- Zamonviy futbol yulduzlaridanchi?
- Krishtianu Ronaldu...
- SHu oy Monakoda Evropaning o'tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi nomi elon qilinadi. Hozirda uch futbolchi (Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu va Frank Riberi) bu nomga davogarlik qilyapti. Sizningcha, uloq kimga nasib etadi?
- Messining imkoniyatlari yuqoriroq bo'lsada, Ronalduning yutishiga xayrixohman. Menga qolsa, Krishtianuga ovoz beraman. U o'tgan mavsum ECHLda to'purar bo'ldi, axir.
- Yoshligingizda qaysi klubda o'ynashni orzu qilgansiz?
- Crvena Zvezdada. Faoliyatimni ham shu klubda yakunlashni xohlayman.
- Sevimli jamoangiz?
- SHubhasiz, Crvena Zvezda.
- O'zbek taomlari sizga manzur bo'lganmidi?
- Gap yo'q. Xitoyning nisbatan achchiq taomlari bilan taqqoslaganda, super. Serbiya va O'zbekiston taomlari esa bir-biridan unchalik farq qilmaydi. Bu borada hech qanday muammoga duch kelmagandim. Oshning tami og'zimda qolgan. Qani endi hozir bir lagan osh bo'lsa (kuladi).
- So'nggi paytlarda Serbiya terma jamoasining JCH va Evropa chempionatlari saralash bosqichidagi ishtirokini ijobiy baholab bo'lmaydi. Bu pasayishni nima bilan izohlash mumkin?
- Savol Serbiya futbol associaciyasi rahbarlariga tegishli. Sinisha Mixaylovich o'ynagan paytlar terma jamoa juda kuchli o'yin ko'rsatardi. Hozir ham jamoa tarkibida dunyo futboli darajasidagi yulduzlar jam bo'lishgan. Serbiyani bemalol jahonning 10-15ta top terma jamoasi safiga kiritish mumkin. Ammo natija shunga monand emas. Bu savol meni ham o'ylantiradi...
- Milosh, suhbat uchun rahmat. Kelgusi faoliyatingizga omad tilaymiz.
- Sizga ham rahmat. O'zbekiston milliy terma jamoasiga Iordaniya bilan bo'lib o'tadigan JCH-2014 pley-off o'yinlarida omad tilayman. Terma jamoa tarkibida ko'plab do'stlarim o'ynashadi. Agar kelgusi yili Braziliya yashil maydonlarida o'tadigan mundialda O'zbekiston termasini ko'rsam, bag'oyat xursand bo'lardim.
Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Fikrlar