Miloe Prekovich: "Dinamo"da maqsadlarim bor, sayohatchi bo'lish niyatim yo'q"
07 fev 2022 00:01
Yangiliklar
Miloe Prekovich: "Dinamo"da maqsadlarim bor, sayohatchi bo'lish niyatim yo'q"
Ukrainaning "Levyy bereg" jamoasi raqiblik qilgan o'yinda 1:1 hisobidagi durang natija qayd etildi. Mazkur bahsdan so'ng "Dinamo"ning serbiyalik darvozaboni Miloe Prekovichga yuzlandik.
"Ukraina klubi bilan o'yinimiz shaxsan menga manzur bo'ldi. O'yinda ustunlik qila oldik. Afsuski, oxirgi daqiqalarda gol o'tkazib yuborish alamli. Umuman olganda harakatlarimiz o'xshadi. Uchrashuv davomida barcha chiziqlardagi harakatlarimizdan yanada yaxshi bo'lishini taxmin qilaman. Turkiyada barcha sharoitlar muhayyo qilingan. Jamoa sifatida shakllanmoqdamiz.
"Dinamo"ga kelganimdan xursandman. CHunki o'zimni boshqa chempionatda sinab ko'rish payti yaqinlashib qolgan edi. SHunchaki sayohatchi bo'lib qolish niyatim yo'q. Maqsadlarim bor. O'zimni ko'rsatib muxlislar mehrini qozonishni o'ylayapman",- deydi Prekovich.
Fikrlar