Milner - "Barselona" bilan o'yindagi kambek haqida: "Murabbiy bizga: Odamlar barchasi tamom deb o'ylashmoqda, deb aytgandi"
26 apr 2020 18:04
Yangiliklar
Milner - "Barselona" bilan o'yindagi kambek haqida: "Murabbiy bizga: Odamlar barchasi tamom deb o'ylashmoqda, deb aytgandi"
"Kamp Nou"da yomon o'ynamaganmiz, bir necha golli vaziyatlarga ega bo'lgandik. Yodimda bor, mening o'zim yaqqol vaziyat yuzaga kelgandi. Fikrim o'zgarmaydi, yaxshi o'ynaganmiz. Faqatgina Messi o'z uslubida bo'ldi va masalani hal qildi. O'yindan keyin katta og'irlik his qilgandim.
U erdan hafsalasiz qaytgandim. Keyinchalik "Nyukasl"ga qarshi o'yin bo'ldi, jamoa sovrin uchun kurashayotgandi. O'yin yakunida g'alabani qo'lga kiritdik, anchagina yuqori kayfiyatga ega bo'ldik.
"Barselona"ga qarshi o'yindan oldin mehmonxonada o'tirgandik, o'sha kuni "Manchester Siti" o'ynayotgandi. Kuchimizga kuch qo'shildi.
Ertasi kuni ertalab mashg'ulotga chiqdik, Klopp bizga qarab: "Kimdir ajoyib fikrlar ayta oladimi? Yo'qmi? Yaxshi boshladik. Odamlar biz vaziyatdan chiqib keta olishimizga ishonishmayapti. Ularning aytishicha, buni uddalab bo'lmas ekan. Biroq navbatdagi bosqichga o'ta olishimizni faqatgina siz isbotlay olasiz", degandi. Keyin esa g'alaba", - dedi Milner.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar