So’nggi yangiliklar

08:09Биринчи даврани «Навбаҳор»да ўтказган яна бир футболчи «Металлург»га ўтишга яқин  1 07:38Санчо Европанинг ТОП клубига кўчиб ўтиши мумкин  0 01:45"Тен Хаг куляптими?" Охара МЮ устозининг соврин ҳақидаги сўзларига эътироз билдирди  2 01:20МЮ бошқа клуб билан келишиб қўйган Фофанага қизиқиш билдиряпти  0 00:45Хосе Венансио Лопес: "Бугун янгича услубда ҳимояландик. Бугунги экспериментимиз биз учун фойдали бўлди"  0 00:42Молиявий қийинчиликка учраётган "Барселона" 12 августгача Уильямс учун 58 млн. евро тўламоқчи  5 00:11Акбар Усмонов: "Гватемаладан аламимиз бор. Сўнгги дақиқаларда эътиборни йўқотдик"  3 00:09РПЛ. "Рубин" янги мавсумни меҳмондаги ғалаба билан бошлади  1 23:54Гюндоган "Пахтакор"га қарши ўйнаши мумкин  5 23:35Тен Хаг МЮ ҳақида: "Гвардиолани ҳисобга олмаганда, биз икки мавсум давомида Англияда қолганлардан кўпроқ соврин ютдик"  2 22:55Хосе Венансио Лопес: "Агар бу расмий ўйин бўлганида бундай таваккалга қўл урмаган бўлардик"  1 22:19Акбар Усмонов: "Сўнгги ЖЧдан бери Гватемала биз учун принципиал рақиб"  1 21:28Бензема "Олтин тўп" ҳақида: "Совринга Винисиус муносиб"  8 21:20Mirabror Usmanov Cup-2024. Драматик кечган баҳсда Ўзбекистон футзал терма жамоаси Гватемалани 5:4 ҳисобида мағлуб этди  7 21:00Эдерсон кетса "Манчестер Сити" дарвозасини ким қўриқлайди?  1

Milliy terma jamoamiz JCH saralashlarini qanday boshlagan? Kuperni "yo'q" qilgan Falastin, Pxenyandagi "qo'rqinchli tush", Tayvanga qarshi 9:0 va SHackixning penta-triki Yangiliklar

Milliy terma jamoamiz JCH saralashlarini qanday boshlagan? Kuperni "yo'q" qilgan Falastin, Pxenyandagi "qo'rqinchli tush", Tayvanga qarshi 9:0 va SHackixning penta-triki

O'zbekiston terma jamoasi bir necha soatlardan so'ng JCH-2026ga birinchi qadamini tashlaydi.

Ikkinchi saralash bosqichining dastlabki uchrashuvida terma jamoamiz qo'shni Turkmanistonga qarshi "suniy" maydonga chiqishadi. Milliy terma jamoamiz JCH saralashlarini qanday boshlaganini ko'rib chiqamiz.

Qatar-2022

Tarixda birinchi marotaba qishda bo'lib o'tgan mundialga birinchi qadamni 2019 yil 5 sentyabr kuni tashlagan edik. 1-turdagi raqib Falastin bo'lgan edi. O'sha uchrashuvi avvalidan ham terma jamoamiz futbolchilari bugungi kun bilan bir xil bo'lgan muammoga duch kelishgandi(suniy maydon). Falastin terma jamoasining "Faisal Al-Husseini" nomidagi stadioni suniy qoplamaga ega. Terma jamoa mutaxassislari bundan xabardor bo'lishgan va terma jamoa yig'inini suniy maydonga ega "CHig'atoy" bazasida o'tkazishgan edi. Qanday tayyorgarlik ko'rilishiga qaramay yakunda terma jamoamiz sharmandali mag'lubiyatga uchragandi. Aynan shu uchrashuvdan so'ng argentinalik mutaxassis Ektor Kuper terma jamoa bosh murabbiy lavozimidan istefoga chiqarilgan edi. Saralash bosqichining yakunida esa Falastinga uchralgan mag'lubiyat terma jamoamizni keyingi bosqichga o'tishga yo'l qo'ymagan edi va O'zbekiston milliy terma jamoasi o'z tarixida birinchi bor dastlabki saralash bosqichida qolib ketgan edi.


JCH-2022 saralash 2-bosqich, "D" guruhi

2019.09.05

Stadion: "Faisal Al-Husseini"

Falastin - O'zbekiston 2:0

Gollar: Ibrohim Dabbah 60, Islom Batran 84.

Falastin: 3. Muhammad Rashid, 5. Yosir Hamid, 7. Musab Battat, 9. Tamer Seyyam, 11. Oday Ibrahim Dabbah, 14. Abdallah Jaber, 15. Abdulatif Albahdari, 19. Mahmud Vadi, 20. Natmi Albadavi, 22. Rami Hamada, 23. Muhammad Darvish.

O'zbekiston: 1. Eldorbek Suyunov, 4. Farrux Sayfiev, 5. Anzur Ismoilov, 6. Davronbek Xoshimov, 7. Odiljon Hamrobekov, 8. Ikromjon Aliboev, 9. Odil Ahmedov, 10. Jaloliddin Masharipov, 14. Eldor SHomurodov, 15. Egor Krimec, 19. Quvondiq Ro'ziev.

Zaxira: 2. Hojiakbar Alijonov, 3. Dostonbek Tursunov, 11. Temurxo'ja Abduxoliqov, 12. Sanjar Quvvatov, 13. SHarof Muhitdinov, 16. Botirali Ergashev, 17. Dostonbek Hamdamov, 18. Azizjon G'aniev, 20. Islom To'xtaxo'jaev, 21. Igor Sergeev, 22. Doston Ibragimov, 23. Sanjar SHoahmedov.

Rossiya-2018

2018 yil Rossiya maydonlarida bo'lib o'tadigan mundialga saralash, terma jamoamiz uchun musobaqa rasmiy sanasidan uch yil avval 2015 yil iyun oyida boshlangan. Dastlabki saralash bosqichida "H" guruhida QHDR, Filippin, Baxrayn va Yaman terma jamoalari bilan kuch sinashgan. 1-tur uchrashuvini esa Pxenyanda QHDRga qarshi o'tkazishgan. Oynai jahon orqali translyaciya etilmagan uchrashuvda terma jamoamiz 2:4 hisobida "tarsaki" egandi. Na televizor na internet orqali namoyish etilmagan uchrashuvning birinchi bo'limdayoq terma jamoamiz 4ta gol o'tkazib yuborgan edi. Men esa o'sha uchrashuvni tomosha qilish buyoqda tursin, ikki kundan so'ng "Erudit-sport" gazetasidan natija bilib olganman. Terma jamoamizning mag'lubiyatiga asosiy sabab uchrashuv suniy qoplamali maydonda o'tkazilgani. Pxenyandagi uchrashuvdan shunga Mirjalol Qosimov istefoga chiqarilgan edi va uning o'rnini Samvel Babayan egallagan. Dastlabki uchrashuvdan so'ng milliy terma jamoamiz guruh bosqichidagi qolgan 7ta uchrashuvning barchasi g'alaba qozonib 21 ochko bilan birinchi o'rinni egallashgan edi. So'ngi saralash bosqichida esa terma jamoamiz 10ta uchrashuvda 13 ochko to'plab guruhda 4 o'rinni band etib, Rossiya maydonlarida bo'lib o'tadigan to'rt yillikning eng muhim musobaqasidan quruq qolgan edi.


JCH-2018 saralash 2-bosqich, "N" guruhi

2015.06.16

Stadion: "Kim Il Sung"

KXDR - O'zbekiston 4:2

Bosh hakam: Mohd Yoqub (Malayziya)

Gollar: Pak Ryon 4, Jan CHol 16, Ro Su 34, Ri Xyok CHol 36, Igor Sergeev 53, Sardor Rashidov 79

Ogohlantirishlar: Azizbek Haydarov 44

CHetlatish: Azizbek Haydarov (82) 

KXDR: 1.Ri Myong Guk (S), 3.Jang Kuk CHol, 6.Kang Kuk CHol., 7.Ri Xyok CHol, 9.Pak Kvang Ryong, 13.Sim Xyon Jin, 15.Ri Yong CHol, 16.Ro Xak Su, 17.So Xyon Uk, 22.Ri Yong Jik, 23.Ri CHol Myong.

O'zbekiston: 12.Ignatiy Nesterov, 3.SHavkat Mullajonov, 5.Anzur Ismoilov, 7.Aziz Haydarov, 8.Ikrom Aliboev (Bahodir Nasimov 34), 9.Odil Ahmedov, 11.Igor Sergeev, 14.SHuhrat Muhammadiev, 15.Sardor Rashidov, 17.Sanjar Tursunov, 19.Vitaliy Denisov

Zaxira: 1.Eldor Suyunov, 2.Akmal SHorahmedov, 4.Egor Krimec, 6.Bahodir Nasimov, 10.Jasur Hasanov, 13.Lutfulla To'raev, 16.Sanjar SHoahmedov, 18.Fozil Musaev, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 21.Akbar To'raev, 22.SHohrux Gadoev, 23.Farrux Sayfiev

Braziliya-2014

Futbol "qiroli"ning vatanida bo'lib o'tadigan mundialga terma jamoamizni yo'li, birinchi saralash bosqichidan boshlangan. 2011 yil 23 iyul kuni O'zbekiston terma jamoasi Qirg'izistonni 4:0 hisobida mag'lub edi. Saralashning ikkinchi bosqichida terma jamoamiz Yaponiya, QHDR va Tojikiston terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olishgan edi. 1-turni Tojikistonga qarshi o'tkazgan Vadim Abramov shogirdlari, Tojikistondan qiyin g'alaba bilan qaytishgan edi. Uchrashuvdagi yagona golni Maksim SHackix kiritgandi. Ikkinchi saralash bosqichini terma jamoamiz 16 ochko to'plab, birinchi o'rinda yakunlagan. Yaponiya ustidan qozonilgan tarixiy g'alabamiz ham aynan ushbu saralash bosqichida qayd etilgan.

JCH-2014 saralash 2-bosqich, "C" guruhi

02.09.11

Stadion: "Metallurg"

Tojikiston - O'zbekiston 0:1

Gollar: Maksim SHackix 72

Tojikiston: To'ychiev Alisher, Svanqulov Soxib, Radjabov Eroj, Ergashev Davron, Sodiqov Muhammadali, Davronov Nuriddin, Jalilov Jahongir, Vosiev Farhod, Fathulloev Fathullo (Ortiqov Ilhom 86), Hakimov No'monjon, Rabiev Yusuf

O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, SHavkat Mullajonov, Haydarov Aziz, Djeparov Server(Ulug'bek Bakaev 65), Ahmedov Odil, Stanislav Andreev(Tursunov Sanjar 46), Geynrix Aleksandr, SHackix Maksim, Denisov Vitaliy, To'xtajo'xaev Islom, Karpenko Viktor( Kapadze Timur 46)

JAR-2010

Afrika qitasida bo'lib o'tgan jahon birinchiligiga, milliy terma jamoamiz birinchi saralash bosqichida ishtirok etgan terma jamoamiz kvalifikaciya bosqichida ishtirok etgan. Tayvanga qarshi o'y-mezbon formatida bo'lib o'tgan uchrashuvlarda terma jamoamiz jami 11:0 hisobida g'alaba qozongan edi. Toshkentda bo'lib o'tgan dastlabki uchrashuvda futbolchilarimiz Tayvan darvozasiga javobsiz 9ta gol urishgan edi. O'sha uchrashuvda Maksim SHackix 5ta gol urgan edi.

JCH-2010 saralash 1-bosqich

O'zbekiston - Tayvan 9:0

13.10.2007. Stadion: "MHSK"

Gollar: Maksim SHackix 4,16,34,57,77, Timur Kapadze 28, Viktor Karpenko 43, Ulug'bek Bakaev 54, SHavkat Salomov 68

O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Ilhom Suyunov, Asror Aliqulov, Odil Ahmedov, Server Djeparov, Viktor Karpenko, Ulug'bek Bakaev( SHavkat Salomov 68), Islom Inomov( Bahtiyor Ashurmatov 73), Maksim SHackix, Aleksek Nikolaev( Vitaliy Denisov 46), Timur Kapadze

Germaniya-2006

2006 yilgi JCHga saralash bosqichini milliy terma jamoamiz birinchi bosqichdan boshlagan. Iroq, Falastin va Tayvan terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan terma jamoamiz, 6ta uchrashuvda 16 ochko to'plab guruhda peshqadam bo'lgan edi. Ikkinchi bosqichda esa terma jamoamiz Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya va Quvayt bilan bir guruhdan joy olgan. Yakuniy jadval uchinchi o'rinni egallab pley-off bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritgan terma jamoamiz. Pley-offda Baxraynga to'qnash kelgan, Baxraynga qarshi o'sha mashhur uchrashuvni eslasangiz kerak.

JCH-2006 saralash 1-bosqich

O'zbekiston - Iroq 1:1

18.02.2004. Stadion: "Paxtakor"

Gollar: Anvar Soliev 79, Ahmad Salah 57

O'zbekiston: Aleksey Polyakov, Nikolay SHirshov, Asror Aliqulov, Bahtiyor Ashurmatov Aleksandr Xvostunov( Mirjalol Qosimov 65), Andrey Akopyanc( Leonid Koshelev 46), Server Djeparov, Timur Kapadze, Viktor Karpenko, Vladimir SHishelov( Anvar Soliev 74), Maksim SHackix.

Yaponiya va Janubiy Koreya-2002

Birinchi marotaba Osiyo mintaqasida bo'lib jahon chempionatiga yurishimizni birinchi saralash bosqichida Tayvan qarshi bahs bilan boshlangan edi. "Paxtakor" stadionida kechgan uchrashuvda milliy terma jamoamiz Tayvanni 7:0 hisobida mag'lub etgan edi. Guruh bosqichida 14 ochko to'plab keyingi bosqichga yo'l olgan terma jamoamiz. Ikkini saralash bosqichida guruhda 10 ochko bilan uchinchi o'rinni egallan edi.

JCH-2002 saralash 1-bosqich

O'zbekiston - Tayvan 7:0

23.04.2001. Stadion: "Paxtakor"

Gollar: Jafar Irismetov 3,23,68,74, Aleksey Dionisiev 21, Vladimir Maminov 35, Georgiy Georgiev 43

O'zbekiston: Oleg Belyakov, Sergey Lushan, Oleg Pashinin, Mirjalol Qosimov( Muhtor Qurbonov 68), Fevzi Davletov, Aleksey Dionisiev, Davron Fayziev, Nikolay SHirshov( Bahodir Seitkamalov 46), Vladimir Maminov( Aleksandr Xvostunov 65), Georgiy Georgiev, Jafar Irismetov

Franciya-1998

O'zbekiston terma jamoasining jahon chempionatlari saralashlaridagi birinchi ishtiroki 1998 yilgi jahon chempionatiga to'g'ri kelgan edi. Birinchi saralash bosqichida, O'zbekiston terma jamoasi Yaman, Indoneziya va Kambodja jamoalari bilan bir guruhdan joy olishgan edi. Saralash bosqichining dastlabki uchrashuvini terma jamoamiz Yamanga qarshi o'tkazgan. Yamanga qarshi kechgan o'sha uchrashuv, O'zbekiston terma jamoasi tarixida JCH saralashlaridagi dastlabki uchrashuvi bo'lgan.

JCH-1998 saralash 1-bosqich

Yaman - O'zbekiston 0:1

09.05.1997. Stadion: "Al-Muhsin"

Gollar: No'mon Xasanov 30 (penalti)

O'zbekiston: Pavel Bugalo, Fevzi Davletov, Rustam SHaymardonov, Andrey Fedorov, Bahtiyor Qambaraliev, Ilhom SHaripov, Abduqahhor Marifaliev( Muhtor Qurbonov 46), No'mon Xasanov, Nikolay SHirshov( SHuhrat Rahmonqulov 65), Ravshan Bozoroa, Oybek O'smonxo'jaev(SHuhrat Maqsudov 82)


Abdulvosit Bektemirov

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика