So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  23 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  78 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  11 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  21 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

"Milliy" stadionning chimini yangilash ishlari olib borilmoqda Yangiliklar

"Milliy" stadionning chimini yangilash ishlari olib borilmoqda

Teglar :  Milliy stadionO'FA
O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan yurtimizda futbol infratuzilmasini yaxshilash, zamonaviy talabga javob beradigan stadion va maydonlarni barpo qilish va rekonstrukciya ishlarini olib borish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, ayni kunlarda poytaxtimizda joylashgan "Milliy" stadionning chimini yangilash ishlari olib borilmoqda. O'FAning buyurtmasiga asosan “Nasaf” klubiga qarashli Qarshidagi “Markaziy stadion maydonining ishchi xodimlari bu borada katta hajmda mehnat qilishyapti. Stadion maysasini zamonaviy talabga javob beradigan darajaga olib kelish uchun  maydonga xorijdan tayyor chim olib keltiriladi.

Ayni paytda maydonning chimi 20-40 sm o'lchamida o'yib olinib (turli o'lchamdagi platmassa quvurlardan iborat maydon drenajlari esa 50-60 sm chuqurlikda joy olgani uchun usta va texnika hadovchisidan hushyorlik talab etyapti) tashqariga olib chiqilyapti. CHuqurlik o'rni maxsus moslamalar, qum va unumli tuproq aralashmasi bilan to'ldirilgach, ustiga chet eldan keltirilgan tayyor tabiiy chim yotqiziladi.  Xalqaro talablarda ko'rsatilganidek, maydonning chekkasiga nisbatan o'rta hududi 20 sm balandlikda joylashishi zarur. SHuhratbek Suyunov rahbarligidagi ustalar bu borada ham o'z mahoratlarini ishga solib, maydon holatini talabga javob beradigan holatga olib kelish uchun barcha zarur choralarni amalga oshirishadi.

Nafaqat poytaxtimiz, balki mamlakatimizning bosh futbol arenasi hisoblangan  “Milliy” stadioni yangi mavsumda milliy va boshqa terma jamoalarimizning bir qator xalqaro turnirlarini qabul qilishga tayyor bo'ladi.


Reyting: +54   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика