So’nggi yangiliklar

01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  0 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  1 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  3 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  3 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  4 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  11 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  8 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  28 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2

Milliy terma jamoalar murabbiylari o'z hisobotlarini topshirishdi Yangiliklar

Milliy terma jamoalar murabbiylari o'z hisobotlarini topshirishdi

O'FF Terma jamoalar markazida milliy terma jamoalar bosh murabbiylari o'z hisobotlarini topshirishdi.
Dastlab O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov 20-27 iyul kunlari bo'lib o'tgan terma jamoa yig'ini va kelajak rejalar haqida o'z hisobotini topshirdi. Milliy terma jamoa bosh murabbiyi 1991 va undan keyingi yillarda tug'ilgan futbolchilardan iborat terma jamoaning Toshkent shahrida o'tkazilgan yig'ini va o'rtoqlik uchrashuvlari haqida malumot berdi. Qosimovga ko'ra, Oliy Liganing to'rtta klubiga qarshi o'tkazilgan nazorat o'yinlarida terma jamoaning Osiyo O'yinlariga boradigan bir necha nafar futbolchilarini saralab olish imkoniyati bo'lgan.

Nazorat o'yinlari orqali bir mazkur termaning bir necha nafar asosiy tarkib futbolchilarini aniqlab olishni maqsad qilgan edik. Albatta terma jamoa o'yinida kamchiliklar yo'q emas. Bu kamchiliklarni o'yindan-o'yinga bartaraf etib boramiz, - deydi Qosimov.

Mirjalol Qosimov milliy terma jamoa Ozarbayjonga qarshi o'rtoqlik o'yini oldidan 15 avgust kuni Toshkentda yig'ilishi rejalashtirilayotganini qo'shimcha qildi. Terma jamoalar markazi malumotiga ko'ra, terma jamoa 15-19 avgust kunlari Toshkentda yig'iladi va 19 avgust kuni Ozarbayjonga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazish uchun Boku shahriga jo'nab ketadi.

Qosimovdan so'ng, O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov o'z hisobotini topshirdi. Ravshan Haydarov O'zbekiston yoshlar terma jamoasining Vengriyada tashkil etilgan yig'inidan ko'ngli to'lganini takidladi.

Budapesht shahridagi yig'in davomida Vengriya U-19 yoshlar terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdik. Mazkur o'yinlar davomida shogirdlarimning harakatlaridan to'la qoniqdim. Vengriya yoshlari mazkur yosh toifasida Evropaning eng kuchli sakkiz terma jamoasi qatorida va bu terma safida evropaning etakchi klublarida to'p suradigan futbolchilar bor. Ammo, ularga qarshi ikkala o'yinda ham o'z o'yinimizni ko'rsata oldik va shogirdlarimdagi jangovar ruhni alohida takidlagan bo'lardim, - deydi Haydarov.

Haydarovga ko'ra, terma jamoa avgust oyi o'rtalarida Albaniyaga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishi rejalashtirilgan. Mazkur o'rtoqlik o'yinlarining sanasi va joyi haqida keyinroq Terma jamoalar markazi batafsil malumot beradi.

O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Mochinov terma jamoaning Turkiya yig'ini haqida hisobot berdi.

Turkiyada 10 kun davomida yig'in o'tkazdik va to'rtta jamoaga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushdik. Mazkur o'yinlarda tarkibdagi barcha futbolchilarni sinab ko'rishni rejalashtirgan edik va to'rtta o'yinda ham aralash tarkib bilan harakat qildik, - deydi Mochinov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика