Milliy terma jamoa sentyabr oyida Yangi Zelandiya bilan o'rtoqlik o'yinini o'tkazadi
05 iyu 2014 17:12
Yangiliklar
Milliy terma jamoa sentyabr oyida Yangi Zelandiya bilan o'rtoqlik o'yinini o'tkazadi
O'zbekiston milliy terma jamoasi 8 sentyabr kuni Toshkentda Yangi Zelandiya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.
O'FF Terma jamoalar markazi bergan malumotga ko'ra, ikkala tomon bu borada o'zaro kelishuvga erishgan va sentyabr oyida Yangi Zelandiya terma jamoasi Toshkentga tashrif buyuradi.
O'zbekiston va Yangi Zelandiya terma jamoalari o'rtasdagi uchrashuv 8 sentyabr kuni Toshkentdagi Paxtakor stadionida o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o'tamiz, OK-2015 final bosqichiga tayyorgarlik ko'rayotgan Mirjalol Qosimov boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi 27 va 29 may kunlari Olmaliq va Toshkentda Ummon milliy terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazgan edi.
Milliy terma jamoa avgust, sentyabr va oktbyar oylarida ham bir qator o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazishi haqida avvalroq malumot bergan edik. Jumladan, milliy terma jamoa 20 avgust kunt Boku shahrida Ozarbayjon milliy terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushsa, Yangi Zelandiya bilan o'yindan oldin, 3 sentyabr kuni Toshkentda Iordaniya terma jamoasi mehmon bo'ladi. SHuningdek, Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi milliy terma jamoa 6 oktyabr kuni Doxada Qatar terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Oktyabr oyidagi yana ikkita uchrashuv 10 va 14 oktyabr kunlari Bahrayn va BAA terma jamoalariga qarshi o'tkaziladi. Mazkur ikki uchrashuv ham BAAning Dubay shahrida bo'lib o'tadi.

Fikrlar