So’nggi yangiliklar

18:14Мармуш "Сити"дан кетмоқчи эмас  0 17:45Жаҳон чемпионатининг тўртта юлдузли иштирокчиси март ойида АҚШда учрашади  0 17:18Куни кеча "Сурхон"дан кетган мураббий Зейтуллаев штабида иш бошлади  1 16:57"Арсенал" етакчиси муаммога дуч келди  0 16:35Миржалол Қосимов: "Жон сақлаш учун курашгандан кўра ўйнамаган яхши"  2 16:17Ўзбекистонлик ҳакамлар Осиё Кубоги ўйинида ишлайди  1 15:50Саудия Арабистони гранди Брунуга йирик битим таклиф этмоқда  3 15:22"Арсенал" Англия терма жамоаси ҳимоячиси учун курашга қўшилди  2 14:56Карпенко "Бухоро"дан кетди  1 14:30Суперлиганинг 2025 йилдаги энг яхши мураббийи Қозоғистонда ишлайди  4 14:09​Расман: "Манчестер Сити" Семеньони сотиб олди  4 13:48Токотаев "Локомотив"да тиббий кўрикдан ўтолмади  11 13:25"Манчестер Юнайтед" янги мураббий бўйича қарорни кечиктирди  4 12:57"Фенербахче" Гендузини сотиб олди  0 12:30Кемалар шайланмоқда. Қайиқлар-чи?  2

Milliy terma jamoa dekabrda Iroq bilan o'ynaydi Yangiliklar

Milliy terma jamoa dekabrda Iroq bilan o'ynaydi

O'zbekiston milliy terma jamoasi 28 dekabr kuni Dubayda Iroq terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.
O'FF Terma jamoalar markazi bergan malumotga ko'ra, ikkala tomon bu borada o'zaro kelishuvga erishgan va uchrashuv 28 dekabr kuni BAAning Dubay shahrida o'tkazilishiga kelishib olingan.

Eslatib o'tamiz, OK-2015 final bosqichiga tayyorgarlik ko'rayotgan Mirjalol Qosimov boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi avgust, sentyabr va oktyabr oylarida ham bir nechta xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishi rejalashtirilgan.

Jumladan, 20 avgust kuni milliy terma jamoa Bokuda Ozarbayjon milliy terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushsa, sentyabr oyida Toshkentda ikkita uchrashuv o'tkazilishi rejalashtirilgan. Unga ko'ra, 3 sentyabr kuni Iordaniya, 8 sentyabr kuni esa Yangi Zelandiya terma jamoasi Toshkentda mehmon bo'ladi.

SHuningdek, Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi milliy terma jamoa 6 oktyabr kuni Doxada Qatar terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Oktyabr oyidagi yana ikkita uchrashuv 10 va 14 oktyabr kunlari Bahrayn va BAA terma jamoalariga qarshi o'tkaziladi. Mazkur ikki uchrashuv ham BAAning Dubay shahrida bo'lib o'tadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика