So’nggi yangiliklar

12:05Анчелотти: "Суперкубок ҳақида ўйлаш вақти келди"  2 11:18"Месси мени ҳамиша тушликка таклиф қилади"  5 10:26"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Икрамов Темур  0 10:11Англия терма жамоасини сентябрь ойидаги ўйинларида ким бошқариши маълум  1 09:44«Бавария» ёзда тўрт нафар футболчисини сотади  3 09:15Мбаппе ёки Виниcиус? Анчелотти «Реал Мадрид»да ким пенальти тепишини айтди  2 08:48Ўзбекистон кубоги. Бугун чорак финалнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  17 08:20ЕЧЛ, 3-саралаш босқичи. Кечаги кун натижалари билан танишинг  0 07:55Ўртоқлик учрашуви. "Барселона" - "Милан" 2:2, "Барса" пенальтиларда ютқазди  2 07:50Бугун Баҳодир Жалолов ва яна 4 нафар спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этади (рўйхат)  3 07:35Ўртоқлик учрашуви. "Реал Мадрид" - "Челси" 2:1, Мудрикнинг тезкор рейдига аниқлик етишмади  1 07:24Ўртоқлик учрашуви.»Реал» «Челси»дан устун келди, «Милан» ва «Барселона» ўзаро дуранг ўйнашди  4 01:17"Манчестер Сити" Хулиан Альваресни рекорд сумма эвазига сотади. Футболчи "Атлетико" билан келишиб олди (Фабрицио Романо)  1 00:53Элит лига саралаши. "Шабаб Ал Аҳли" ирода кўрсатиб,"Сепахон"ни мағлубиятга учратди ва кейинги босқичга йўл олди  7 00:36Февзи Давлетов: "Биринчи бўлимда ўйинга мослашиш қийин кечди"  1

​Millatlar Ligasi. Angliya - Xorvatiya 2:1 Yangiliklar

​Millatlar Ligasi. Angliya - Xorvatiya 2:1

Angliya irodali g'alabaga erishdi.

Angliya va Xorvatiya o'rtasidagi bahs Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi. Mazkur to'qnashuvda g'alaba qozongan jamoa, musobaqaning keyingi yil bo'lib o'tadigan yarim final o'yiniga yo'llanmani qo'lga kiritadi. Uchrashuvdagi murosa Ispaniya terma jamoasi foydasiga xizmat qiladi.   

Angliya – Xorvatiya 2:1
"Uembli"
Gol: 
0:1 – 57 Kramarich, 1:1 – 78 Lingard, 2:1 – 85 Keyn.
Angliya – 
Pikford, Stounz, Gomes, CHiluell, Delf (Lingard, 73), Barkli (Alli, 63), Dayer, Sterling, Uoker, Reshford (Sancho, 73), Keyn.
Xorvatiya –
Kalinich, Lovren, Edvay, Vrsalko (Milich, 26), Vida, Vlashich (Rog, 79), Brozovich, Perishich, Modrich, Rebich (Brekalo, 46), Kramarich

Ogohlantirish: Barkli (26), Edvay (67), Brozovich (67), Lovren (89).

England

Jesse Lingard - 78', Harry Kane - 85'

UEFA Nations League A Grp. 4 . 6-tur

18/11/2018, 18:00

1
:
2
Tugadi

Croatia

Andrej Kramaric - 57'

Stadion: Wembley, 78221 tomoshabin

Bosh hakam: Anastasios Sidiropoulos

45'
90'
26'  Ross Barkley
64'  Ross Barkley (Dele Alli)
73'  Fabian Delph (Jesse Lingard)
73'  Marcus Rashford (Jadon Sancho)
78'  Jesse Lingard
78'  Harry Kane
85'  Harry Kane
85'  Ben Chilwell
26'  Sime Vrsaljko (Antonio Milic)
46'  Ante Rebic (Josip Brekalo)
57'  Andrej Kramaric
67'  Marcelo Brozovic
67'  Tin Jedvaj
79'  Nikola Vlasic (Marko Rog)
89'  Dejan Lovren

 Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin bo'ladi.


                                YANGILASH

O'yin tugadi. Angliya – Xorvatiya 2:1. Inglizlar yarim finalda!

85' GOOOL! Harri Keyn 2:1. Angliya ajoyib kambekni amalga oshirdi

78' GOOOOL! Lingard hisobni tenglashtirdi - 1:1. Ushbu hisob ikkala jamoani ham qoniqtirmaydi


Angliya bosimni kuchaytirmoqda. Endi gol urish kerak. O'yin tugashiga 10 daqiqa atrofida vaqt bor. Sautgeyt barcha imkoniyatlardan to'liq foydalanib bo'ldi.

73' O'zgarish. Lingard Delf o'rniga tushdi

73' O'zgarish. Sancho Reshford o'rniga tushdi

67' Xorvatiyaning bir yo'la ikki futbolchisi ogohlantirildi. Brozovich va Yedvay qolgan daqiqalarda ehtiyot bo'lishlari kerak

63' Angliya safida o'zgarish. Barkli o'rniga Dele Alli tushdi. Tabiiyki, Sautgeyt hujumni kuchaytirmoqda. Endi ularga kamida ikkita gol zarur


Angliya o'zi shunaqa. Zo'r o'ynab yutqazadi

57' GOOOOOL! Andrey Kramarich hisobni ochdi - 0:1

Maydonda haqiqiy jang bo'lmoqda



46' O'zgarish. Rebich o'rniga Brekalo tushdi

46' Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim statistikasi
Zarbalar: 9-4
Uzatma aniqligi: 87%-82%
Vaziyat yaratish: 6-3
To'pni nazorat qilish: 60-40

Har qanday hisobdagi durrang Ispaniyani yarim finalga olib chiqadi

45+1' Birinchi bo'lim tugadi - 0:0. Kalinich yaxshigina mehnat qildi

40' ZARBAA! Barklining zarbasi darvoza to'sinidan biroz teparoqdan o'tib ketdi

 O'yinning uchdan bir qismi ortda qolgan bir paytda inglizlar 6 marotaba burchak to'pi tepishga ulgurishdi. Harri Keyn va Sterlingda ajoyib imkoniyatlar bo'ldi. Xorvatlar o'yinni juda og'ir, charchagandek o'tkazishmoqda

27' Xorvatiyada majburiy o'zgarish. Vrsalko o'rniga Antoni Milich tushdi

26' Ross Barkli Modrichga nisbatan xavfli o'ynadi. Sarik kartochka


Angliya MTJ so'nggi 27 uy uchrashuvidan faqat ikkitasida mag'lub bo'lgan - 21 g'alaba, 4 durrang

10' Angliya terma jamoasi 4-3-3 taktika asosida o'ynamoqda. O'ng qanot yarim himoyasida Barkli. Negadir Sautgeyt uni futbolchi uchun biroz noqulay bo'lgan joyda o'ynatmoqda

Luka Modrich va Harri Keynga bugun ko'p narsa bog'liq. Qo'shilasizmi?


5' Markus Reshford Harri Keynni yaxshi vaziyatga olib chiqdi. Ofsayd qayd etildi. Bahsli vaziyat

3' Rebich darvozani nishonga oldi. Noaniq

1' Uchrashuv boshlandi.


- Madhiyalar yangradi

- Ikkala jamoa maydonga chiqib kelishdi

Angliya hujumchisi Harri Keyn: "Bu biz uchun muhim va katta o'yin ekanini bilamiz. JCHda muvaffaqiyatli qatnashib yarim finalga qadar etib borganimiz tasodif emasligi va qanday mahoratga ega ekanligimizni ko'rsatishimiz kerak."

Xorvatiya himoyachisi Lovren: "Bugun juda qiyin o'yin bo'ladi. Riekada bo'lgan uchrashuvda (0:0) Angliyaning qanday noqulay raqib ekanini ko'rdik. Inglizlar haqiqatan ham kuchli. Lekin, bizning jamoa ular bilan bemalol raqobatlasha oladi. "Uembli"ga faqat g'alaba qozonish uchun kelganmiz".

Jamoalar shu paytgacha 9 marotaba to'qnash kelishgan. Ularning to'rttasida inglizlar g'alaba qozongan, uchta o'yinda xorvatlarning qo'li baland kelgan. 2 uchrashuvda g'olib nomi aniqlanmagan. To'plar nisbati inglizlar foydasiga - 19:12.

Garet Sautgeytning jamoasi allaqachon angliyalik yosh muxlisalarning etiborida bo'lib turibdi. Keti va Sofiya ismli opa-singillar uchrashuv boshlanishini intizorlik bilan kutishmoqda - 4 soatdan beri ular shu erda. Jajji qizaloqlar Harri Keyndan bugungi bahsda gol kutayotganliklarini yashirib o'tirishmadi.

"Uembli" stadioni hozircha tinch, sokin, umuman uchrashuvga tayyor holatda. Birozdan so'ng, maydon "yonadi". Ishonavering! Bugungi o'yinning yana bir ahamiyatli tomoni - bu Angliya termasi JCH-2018dagi alamli mag'lubiyat uchun o'ch olishga harakat qilishadi.

Rakitich Ispaniyaga qarshi bahsda jarohat olgani bois, Dalich bugun uni maydonga tushirib tavakkal qilmasiligini aytib o'tdi. Xorvatiya ustozining so'zlariga ko'ra, "CSKA" yarim himoyachisi Nikolya Vlashich Rakitich o'rnida harakat qilishi mumkin.

Uchrashuvni Tasos Sidiropulos boshchiligidagi greciyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Championat.asia ushbu bellashuvni onlayn matnli translyaciya qilishni rejalashtirgan.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика