Milinkovich-Savichning otasi o'g'lining yangi jamoasini aytdi
17 iyu 2018 17:41
Yangiliklar


Milinkovich-Savichning otasi o'g'lining yangi jamoasini aytdi
"Lacio" futbolchisi Sergey Milinkovich-Savichning otasi o'g'lining kelajagi haqida gapirdi.
"Sergey bilan ko'p bora gaplashib oldim, unga "Yuventus" juda mos tushadi. Turin superklubida u bir necha yillar to'p suradi, u erdagilar futbolchilarni yaxshi tarbiyalay olishadi, o'zi ham rivojlanadi.
Undan tashqari, skudetto, Italiya kubogi, balki Evropa chempionlar ligasi sovrini sohibi bo'lishi mumkin. "Yuventus" bunday turnirlarni yuta oladi. Agarda u "Yuventus"ga o'tsa, kelajakda "Oltin to'p"ga ham davogarlik qilishi mumkin", - dedi ota.
O’xshash yangiliklar
23:45
Sergey Lebedev: "Ikkala jamoa bir xil ob-havoda o'ynadi. Etakchidan ochko olganimizdan mamnunman" 2

Fikrlar