Milinkovich-Savich "Lacio"dan ketsa, Italiya klubiga o'tmaydi
17 may 2022 10:38
Yangiliklar


Milinkovich-Savich "Lacio"dan ketsa, Italiya klubiga o'tmaydi
"Lacio" bosh murabbiyi Mauricio Sarri yarim himoyachi Sergey Milinkovich-Savichning ehtimoliy ketishi haqida gapirdi.
"Darhaqiqat, bu oson bo'lmaydi. Prezident bilan gaplashdim, agar Milinkovich-Savich ketsa, uning Italiyada qolmasligiga ishonch hosil qildim", - deydi Sarri.
Oldinroq xavbekka PSJ va "Manchester Yunayted" qiziqish bildirayotgani xabar qilingan edi.
27 yoshli serb joriy mavsum A Seriya doirasidagi 36ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 11ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar