Milik: "Men uchun to'langan 32 mln. evro hech narsani anglatmaydi"
24 sen 2016 10:17
Yangiliklar
Milik: "Men uchun to'langan 32 mln. evro hech narsani anglatmaydi"
SHu yozda Polsha tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylangan "Napoli" hujumchisi Arkadiush Milikning fikricha, transfer narxi hech narsani anglatmaydi.
Mavsumlar oralig'ida "Napoli" Milik uchun "Ayaks"ga 32 mln. evro to'ladi.
"Men uchun to'langan 32 mln. evro hech narsani anglatmaydi. Bugungi o'yining, mashg'ulotlaring, har uch kundagi uchrashuvlar - kimligingni ko'rsatib beradi. Mayli bugun yaxshi o'ynagandirsan, uch kundan so'ng buni qaytadan isbotlashga to'g'ri keladi, aks holda muvaffaqiyatlaringni tez unutishadi. Bir uchrashuvda 2 ta gol urib, uch kundan so'ng omadsizllika uchrash mumkin.
Futbolda yaxshi futbolchi ekanligingni doimo isbotlab turish kerak. Buni yaxshi bilaman va doimo oldinga intilaman. Har doim bor kuchim bilan ishlashga harakat qilaman" - deydi Milik.
Fikrlar