“Milan”ni boshqarishi mumkin bo'lgan navbatdagi murabbiy nomi malum
04 apr 2020 21:00
Yangiliklar
“Milan”ni boshqarishi mumkin bo'lgan navbatdagi murabbiy nomi malum
“Rossonerilar” rahbariyati klubga yangi mutaxassis izlashni boshlagan.
Italiya nashrining xabar berishicha, Luchano Spaletti – “Milan” ustozi bo'lishga asosiy nomzod.
Ralf Rangnik bilan muzokaralar ijobiy yakun topmaganidan keyin, milanliklarni yangi mavsumdan boshqarish uchun Spaletti olib kelinish ehtimoli yuqori bo'lib turibdi.
61 yoshli mutaxassis Italiyaning “Empoli”, “Sampdoriya”, “Veneciya”, “Udineze” (2 marta), “Ankona”, “Roma” hamda “Inter” kabi jamoalarida ishlagan. SHuningdek, 2009-2014 yillarda “Zenit” boshqaruvida ham faoliyat yuritgan.
Eslatib o'tamiz, hozirda “Milan” bosh murabbiyi Stefano Pioli hisoblanadi.
Fikrlar