"Milan"ga vengriyalik futbolchi kerak
21 iyu 2020 03:15
Yangiliklar


"Milan"ga vengriyalik futbolchi kerak
"Milan" rahbariyati "Red Bull Zalcburg" yarim himoyachisi Dominik Soboslai bilan shartnoma imzolamoqchi, deb xabar qildi Mediaset.
Italyan klubi vengriyalik futbolchini anchadan buyon kuzatib kelyapti. "Rossonerilar" oldidagi yagona muammo 19 yoshli futbolchining transfer qiymati hisoblanadi. Avstriya klubi Soboslaini 25 mln evrodan kamiga qo'yib yubormoqchi emas.
Avvalroq "Liverpul" ham "Zalcburg" vakili uchun davogarlik qilishi haqidagi yangiliklar tarqalgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar