"Milan"da 10-raqamning yangi sohibi malum
19 iyu 2021 21:58
Yangiliklar
Yaqindagina Madridning "Real" klubidan Italiyaning "Milan" klubiga kelib qo'shilgan Braim Dias 10-raqamda to'p suradigan bo'ldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Eslatib o'tamiz, hujumkor yarim himoyachi "Milan"da ijara asosida o'ynaydi. Uning jamoa bilan kelishuvi ikki yilga mo'ljallangan. Italiya klubi Braim uchun 3 million evro sarflagani aytilmoqda.
Fikrlar