"Milan" yaponiyalik yarim himoyachi bilan kelishib qo'ydi
29 may 2023 11:41
Yangiliklar


"Milan" yaponiyalik yarim himoyachi bilan kelishib qo'ydi
"Ayntraxt" yarim himoyachisi Daychi Kamada yozda erkin agent sifatida "Milan"ga o'tadi.
Yaponiyalik futbolchi va "rossonerilar" 5 yillik bitim borasida kelishib olishgan. Futbolchiga Portugaliyadan ham qiziqish bo'lgandi. Bundan tashqari "Borussiya" Kamadani Bundesligada olib qolish istagidaligiga qaramay, Daichi bu taklifni rad etgan.
Bundesliganing 32 o'yinida Kamada 9 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma etkazib berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar