"Milan" va Divok Origi shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi
12 apr 2022 13:15
Yangiliklar
"Milan" va Divok Origi shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi
"Liverpul" hujumchisi Divok Origi yozda "Milan" o'yinchisiga aylanadi.
Futbolchi italyan klubiga erkin agent maqomida o'tadi. Tomonlar 12 aprel kuni bitimning barcha shartlari bo'yicha kelishuvga erishishdi.
"Milan" Origiga bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan uch yillik shartnoma taklif qildi. 26 yoshli hujumchi yiliga 3,5 million evro atrofida maosh oladi.
Hujumchi joriy mavsum mersisaydliklar tarkibida 14ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urishga erishdi.
Fikrlar