"Milan" va "CHelsi" Jiru transferi bo'yicha kelishuvga erishdi
13 iyu 2021 21:31
Yangiliklar
"Milan" va "CHelsi" Jiru transferi bo'yicha kelishuvga erishdi
Franciyalik hujumchi payshanba kuni Milanga etib boradi.
Jiru juma kuni "Milan" uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi va 2 yilga mo'ljallangan shartnomaga imzo chekadi.
Franciyalik forvard yaqinda "CHelsi" bilan shartnomasini bir yilga uzaytirgandi, biroq unda agar takliflar bo'lsa, klub uni qo'yib yuborishi borasida band bor edi.
"Rossonerilar" Jiru erkin agent bo'lishini kutib o'tirishmadi va u uchun 1 million evro to'lashga rozi bo'lishdi.
Olivu Jiruning "Milan" bilan shartnomasi 2023 yilgacha tuziladi, futbolchi yiliga 4 million evro oladi.
34 yoshli Jiru "Arsenal"dan "CHelsi"ga 2018 yilda o'tgan edi. U "aristokratlar" tarkibida 113 o'yinda qatnashib, 39 ta gol urdi.
Fikrlar