"Milan" ukrainalik futbolchiga qiziqmoqda
09 apr 2021 11:01
Yangiliklar
"Milan" ukrainalik futbolchiga qiziqmoqda
Doneckning "SHaxtyor" klubi darvozaboni Anatoliy Trubin faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
19 yoshli darvozabonga Janluiji Donnarummaga o'rinbosar izlayotgan "Milan" klubi qiziqish bildirmoqda.
Donnarummaning shartnomasi yozda yakuniga etadi va tomonlar bitimni uzaytirish borasida hali kelishuvga erishishmadi.
Trubin joriy mavsum Ukraina Premer-ligasi doirasidagi 15ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 11ta to'p o'tkazib yubordi. Uning Doneck klubi bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar