"Milan" "Tuluza" o'yinchisi uchun 8 million evro to'lashga tayyor
15 iyu 2021 11:37
Yangiliklar


"Milan" "Tuluza" o'yinchisi uchun 8 million evro to'lashga tayyor
"Milan" "Tuluza" vingeri Amin Adliga qiziqishda davom etmoqda.
Jurnalist Nikolo Skiraning malumotiga ko'ra, francuz klubi o'yinchining transferi uchun 10dan 12 million evroga qadar mablag' so'ramoqda. "Milan" faqatgina 8 million evro to'lashga tayyor. Klub yozda ushbu bitimni yopmoqchi. Futbolchining klubi bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
21 yoshli francuz faoliyatini boshlagandan beri "Tuluza"da o'ynaydi. Futbolchi o'tgan mavsum 34ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 7ta assist qayd etdi.
"Tuluza" esa Liga 1'ga qayta olmadi. "Milan" esa Italiya A Seriyasi turnir jadvalida 2-o'rinni egalladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar