"Milan" tarbiyalanuvchisi "Inter"da o'ynamoqchi
07 dek 2022 13:22
Yangiliklar
"Milan" tarbiyalanuvchisi "Inter"da o'ynamoqchi
"Inter" himoyachisi Raul Bellanova "neradzurri" bilan to'liq shartnoma imzolamoqchi ekanligini tan oldi.
Ayni paytda futbolchi "Kalyari"ga tegishli bo'lib, milanliklar safida ijara asosida o'ynamoqda.
"To'liq "Inter" futbolchisiga aylanishdan xursand bo'lardim, lekin endi faqat o'z o'yinim haqida o'ylashim kerak", – dedi 22 yoshli futbolchi.
Bellanova "Milan" tarbiyalanuvchisi bo'lib, 6 yoshida "rossoneri" akademiyasiga qo'shilgan va jamoani 2019 yilda tark etgan.
Fikrlar