"Milan" sport direktori Berluskonining qizi tufayli ishdan ketdi
04 dek 2013 18:38
Yangiliklar


"Milan" sport direktori Berluskonining qizi tufayli ishdan ketdi
"Milan" sport direktori Ariedo Brayda istefo berdi, deya xabar bermoqda corriere.it sayti.
Brayda 1986 yildan buyon "Milan"da ishlab keladi va jamoa vice-prezidenti Adriano Galliani tarafdori hisoblanadi. O'z navbatida Galliani ham chorshanba kuni ertalab, ishdan bo'shashi haqida malum qilgandi. Har ikkisining ham istefo berishiga asosiy sabab, yaqin vaqt ichida jamoa xo'jayini Silvio Berluskoni o'z o'rniga qizi - Barbara Berluskonini qo'ymoqchi ekanidir.

Fikrlar