"Milan" Sebalosga qiziqmoqda

Alisher
22 iyun 2021, 08:38
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Dani Sebalos faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Daniel Longoning twitter'da xabar berishicha, ispaniyalik futbolchining xizmatlariga "Milan" qiziqish bildirmoqda.

24 yoshli yarim himoyachi so'nggi ikki mavsumni "Arsenal"da ijara asosida o'tkazdi, u bu vaqt davomida 77ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 5ta assist qayd etdi.

Sebalosning "qaymoqranglilar" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Dani "Real"ga 2017 yilda "Betis"dan o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/86_longo