"Milan" Romanoli bilan shartnomani 2026 yilga qadar uzaytirmoqchi
19 noy 2021 10:38
Yangiliklar
"Milan" Romanoli bilan shartnomani 2026 yilga qadar uzaytirmoqchi
"Milan" himoyachisi Alessio Romanoli klubi bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, 26 yoshli italiyalik futbolchiga shartnomani 2026 yilga qadar uzaytirish taklifi kelib tushdi.
Oldinroq malum bo'lganidek, futbolchining agenti Mino Rayola shartnomani uzaytirish bo'yicha klub bilan muzokara o'tkazish uchun Milanga keldi.
O'yinchining amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt italiyalikni 20 mln evroga baholamoqda.
Romanoli 2015 yilning avgustidan beri "Milan"da o'ynaydi. Himoyachi 2021/22 yilgi mavsum jamoa tarkibida barcha musobaqalarda 11ta o'yinda maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar