"Milan" "Real"ning markaziy hujumchisini ijaraga olishni xohlamoqda
20 avg 2019 19:14
Yangiliklar


"Milan" "Real"ning markaziy hujumchisini ijaraga olishni xohlamoqda
Forvard Luka Yovich "Real"ni tark etishi mumkin.
Uni ijaraga olish bo'yicha "Milan" ishga kirishgan. "Rossonerilar" serbiyalik hujumchining ijarasi bo'yicha madridliklar bilan gaplashishni rejalashtirmoqda.
Oldinroq, 22 yoshli Yovich mavsum oldi o'yinlarida o'zining o'yinlari bilan Zidanni ko'ngliga joy topa olmagani malum qilingandi.
Yana bir malumot. Kecha "Milan" ijrochi direktori Paolo Maldini Madridga Mariano Dias va "Atletiko" futbolchisi Anxel Korrea transferi uchun borishi aytilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar