“Milan” “Portu” yarim himoyachisi Fernandoni sotib olishi mumkin
08 jan 2014 10:14
Yangiliklar


“Milan” “Portu” yarim himoyachisi Fernandoni sotib olishi mumkin
“Milan” klubi “Portu”ning 26 yoshli braziliyalik yarim himoyachisi Fernando Rejesga qiziqib qoldi.
Transfermarkt braziliyalik futbolchini 15-17 million evro deb baholamoqda, biroq Fernandoning “ajdarlar” bilan tuzgan shartnomasi 2014 yilning yozida tugaydi. “Rossoneri”lar o'yinchini yozda bepul olish bo'yicha kelishuvga erishishlari mumkin.
Ammo “Milan” vice-prezidenti Adriano Galliani, futbolchini yanvarda jamoaga olib kelishga harakat qilmoqda.
Avval berilgan xabarlarda Fernandoga “Inter”, “Yuventus” va “Napoli” klublari qiziqayotgani aytilgan edi.

Fikrlar